суббота, 20 декабря 2014 г.

Ucell baribir Ucellde...


 Hammaga ma`lumki 1 - dekabrdan UMS kompaniyasi o`z ish faoliyatini boshladi. Bu kompaniyani ko`pchilik kutgani aniq, Chunki 2 yil davomida Ucell va Beeline kompaniyalari abanetlarni asab tolalarini tugatib bo`lgan edi.

 Aynan o`sha kuni Ucell o`zining 4G yangi avlod texnologiyasini ham ishga tushirdi. buni eshitganlar ko`pchiligi xursand bo`lishgandir balkim, lekin 4G internet paketlar narxini eshitib hamma jimib qoldi.

 Sir emaski UMS kelishi O`zbekiston mobil operatorlar o`rtasida biroz bo`lsa ham raqobatni kuchaytirishi kutilgan edi, lekin shaxsan men buni kutmagan edim. Sababi oddiy, UMS kompaniyasining 50,1% aksiyasi O`zbekistonga tegishli, qolgan 49,9% aksiyasi esa Rossiya. Bu degani O`zbekiston ustun, qonun - qoidani O`zbekiston, abanet to`lovi, internet to`lovi barcha - barchasini O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekomunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi belgilaydi.
 Masalan oddiy misol: Avvalari har bir kompaniya o`zaro raqobat olib borardilar, qaysidir bir kompaniyasi boshqasinikiga qaraganda arzonroq va qulay tariflar taqdim etardilar. Hozir bo`lsa barchasi STANDART.
Abanet to`lovi kuniga o`rtacha 6 sent, chiqish 6 sent va h.k.

Mayli narxlarni, raqobatni qo`yib turaylik, aslida men aloqa sifatini o`zgarishini, yaxshilashini kutgan edim, aslidachi chuchvarani hom sanab qo`ygan ekanman :-)

  1 kun o`tdi - ha o`zi kecha UMS ish boshladiku, biroz kutay yaxshilanib qolar.

 1 hafta o`tdi - internetda "Ucell yangi baza(Antenna)lar ishga tushiryapti" degan xabar chiqdi. Xursand bo`ldim, demak yaqin kunlarda aloqa sifati yaxshilanadi deb.

 2 hafta o`tdi - barchasi befoyda, hech qanday o`zgarish bo`lgani yo`q. Eski hammom, eski tos!

 3 hafta o`tdi - endi internet umuman ishlamay qoldi :-)


 Bir narsani yozda qattiq yomg`ir yog`gandan beri kuzataman. Balkim bunga ishonmasligingiz mumkin, balkim shunchaki tasodifldir barchasi. bunisi bilolmadi...
 Har yomg`ir yoki qor yog`ganidi yoki umuman havo ayniganida Ucell interneti deyarli umuman ishlamay qolyapti. Avval faqat menda deb o`yladim, keyin bilsam ko`pchilikda ekan...

 2 yil oldin aytsa arzir edi "MTSning ko`p abanetlari Ucellga o`tganidan keyin, Ucellning bazalariga og`irlik tushyapti deb". Oradan 2 yil o`tdi, har oyda yangi bazalar o`rnatdik deb internetda shov - shuv qilgan Ucell naxotki bu vaqt ichida arzigurlik biron - bir ish qilmadi?
 Yoki barchasi yolg`on xabar edimi?
 Yoki chindan ham abanetlar kundan - kunga oshib bormoqdami? Agar shunday bo`lsa bu abaenetni ko`tara olmas (Xizmat ko`rsata olmasa) nega yangi abanetlarni tarmoqqa ulayapti? Abanet soni bo`yicha ham, aloqa sifatsizligi bilan ham birdaniga rekord o`rnatmoqchimi? Agar shunday bo`lsa Ucell buni uddaladi!!!

 Ucell haqida gapirgandan ko`ra gapirmagan ma`qul. Eng yaxshisi uyga Wi Fi o`rnatib, telefon degan baloni yo`g`e, Ucell degan va`dabosni yo`qotsangiz, farovon hayot kechirasiz :-)

четверг, 13 ноября 2014 г.

G`urur nime edi u? (Uchinchi qism)

 Hammaga ma`lumki qarsak doim ikki qo`ldan chiqadi. Agar qizlarni o`sah ishlarga yigitlar chorlamasa ular o`zlaricha "Shu ishni qilaylik" demaydilar. 
 
Yigitlar aytishadi "Agar meni sevsang men bilan birga bo`lasan, agar rozi bo`lmasang, ana katta ko`cha", "Ishon men seni o`zim olaman, qo`rqma" kabi turli aldov galar aytishadi yoki biroz qo`rqitishadi. Bu aldov va`dalarga chuv tushgan qizlar o`sha ishni qilishadi. 

Aslidachi?  Bir o`ylab ko`ringlarchi,qizlar!
 Bokira bo`lmagan qiz kimga kerak? Nima kuyov do`stlariga chiqib "Kelin qiz chiqmadi" deb maqtanadi deb o`ylaysizlarmi? Yo`q hech qachon!
 Yigitlar doim chimildiqdan gerdayib chiqib "Kelin qiz ekan" deb maqtanishni xohlaydilar. Chunki ularda G`URUR degan tushuncha birozgina kuchliroq.

 Qilar ishni qilib qo`yib, uylanishga kelganda "Menga qiz kerak, men hech qachon bokira bo`lmagan qizga uylanmayman" deb turib oladilar. O`sha ishni qilayotganda G`urur qayerda edi? Endi esga tushdimi G`urur?

 Erkakmisan? Ol endi u qizni. Ha olomaysanda, chunki qo`rqasan. Ota-Onang, do`stlaring, qarindosh urug` oldida bosh egishdan qo`rqasan. Gap bo`lishdan, izza bo`lib, hamma seni qo`lini bigiz qilib ko`rsatishdan qo`rqasan.


 Shu ishlarni bilar ekansan, nega o`sha vaqtda shu narsalar hayolga kelmaydi? Nima nafsga qul bo`lib qolyapmizmi? Oxiratni unutyapmizmi? Bu ishlarni javobinichi?

 Qizlar biroz e`tiborliroq bo`ling, Yigitlarni har gapiga ishonib ketmang. O`tkinchi narsalarga ruju qo`yib, o`zingizga jabr qilmang. 

 Hammaga insofni Ollohni o`zi bersin!
 

воскресенье, 26 октября 2014 г.

G`urur nime edi u? (Ikkinchi qism) +18

 Hozirda zamon o`zgaryaptimi yoki odamlar o`zgarib ketyaptimi bilolmayapman, balkim oxir zamonga ancha yaqindirmiz. Hozirda iboli, hayoli, iffatli, eng asosiysi BOKIRA qizni topish juda ham mushkul bo`lib qoldi. (Gap egasini topadi).

 Internet saytlari yoki turli xil video ko`rsatuvlarni tomosha qila turib, odam yoqa ushlaydi, birozgina uylanishga ham qo`rqib qoladi odam.

 Yigitini bir - ikki og`iz gapiga ishonib, laqqa tushib bokiraligidan voz kechib ketayotganlar kundan kunga ko`payib boryapti.
 "Men o`zim seni olaman, menga ishon" yoki, biroz qo`pollashgan varianti
 "Agar menbilan qo`shilmasang, menga telefon qilma, boshqa oldimga kelma" deb do`q - po`psalar qiladi. Qiz sevganini yoqotmasligi uchun bu ishga majbur bo`ladi. "Gurur"ini biroz vaqtga, 5daqiqaga unitib turadi!!!

 O`sha 5 daqiqalik kayf, o`zini boshiga qanchadan - qancha og`ir tashvishlar olib kelishini, oxirat kununi o`ylamaydilarmi???

 Agar yigit shunday deb turgan bo`lsa, bu bola, "Yaxshi bola, haqiqiy yigit" ekanligiga kim ishonadi?  Haqiqiy yigit o`zini jilovlay olishi kerak, shaxvatini tiya olishi kerak, bu ishlarni qila olmayapsani? bor ota - onangga ayt "Meni uylantiringlar" deb.

 Yigit topiladi, undan ham yaxshisi topiladi, lekin obro` - e`tibor, ibo - hayo, iffat degan tushunchalar hech qachon topilmaydi.

Bu ishni bor marta qildinmi?, bas yana xohlayverasan, xuddi narkamanga o`xshab humori tortadi.

 Hop mayli bu ishlar o`tdi, yigit qizni tashlab ketdi, qizning uyidagilar bir yaxshi yigitga uzatmoqchi bo`lishdi, to`y ham bo`ldi, chimildiqqa kirishdi, kuyov qizning bokira emasligini bilib qoldi!
 Keyin ana tomosha, qizdan ham ko`ra kuyovni boshi yerga qarab qoldi, 1 haftaga bormasdan uch taloq qiladi. Qiz uyga qaytadi, yig`laydi, siqiladi, yigitiga telefon qiladi, u go`shakni ko`tarmaydi. Qiz o`zimni o`ldiraman deydi, harakat ham qiladi, balkim uddalar, balkim uddalay olmas!

 Bokiralikdan voz kechayotganingizda unutgan gu`ruringiz, endi esga tushib qoldimi???
 5 daqiqaga unutilgan g`urur, oxir oqibatda katta tshvish olib kelishini bilardingiza???

 Qizning otasini bir tasavvur qilib ko`ring! Ota maxalada, oshna - og`aynilar, qarindoshlar orasida qanday qilib bosh ko`tarib yuradi???

 Ota bularni eshitgandan keyin, hech ikkilanmasdan "OQ" qiladi. Bunday farzand bo`lmagani yaxshi! Nima deysizlar, shundaymi?

 Ota oq qildimi, demak bo`ldi siz yetib kelibsiz, oxiratingiz kuydi, endi foydasi yo`q!

 Qizlar! Biroz o`zingizni yeg`ishtirib olinglar, o`zingizni o`ylamasangiz ham ota - onangiz, aka - ukangiz o`ylang. Gu`rur degan narsani esdan chiqarmang. O`sha kayfni siz ham bir kun ta`tib ko`rasiz, faqat hozir emas, turmushga chiqqandan keyin. Yigitlarni shirin gaplariga uchmanglar, sizlar ularga bir umr kerak emassiz, sizdan foydalanishgandan keyin, sizlar ularga kerak bo`lmay qolasiz.

 Agar gaplarim kimgadir yoqmagan bo`lsa aybni o`zidan qidirsin, bu gaplarim hammaga tegishli emas. Agar bu maqola sizga yoqmadimi? Demak, ayb sizda!!!

 Davomi bor...

воскресенье, 19 октября 2014 г.

G`urur nime edi u? (Birinchi qism)



B - Alo,Qalesan,Yaxshimisan, hozir kim bilan gaplashayapgan eding?
Q - Assalomu alaykum, O`rtog`im bilan gaplashayapgan edim.
B - Aldama, kim u? Raqamini ber , bo`l tez (Jaxl bilan)
Q - Voy nega ishonmaysiz Zilola edi, kursdoshim!
B - Sanga raqamini ber deyapman (Baqirib)
Q - (Yig`lamsirab, qandaydir raqamlarni berdi) mana
B - Hozir to`xtab tur!
B - Alo,yaxshimisiz , siz Zilolamisiz?
(Qizning dugonasi) - Ha,menman, biror ishiz bor edimi?
B - Hozirgina Muxlisa siz bilan gaplashdimi?, faqat rostini ayting!
(Qizning dugonasi) - ha rost, men bilan gaplashdi!
B - Ha, mayli rahmat, uzur bezovta qilgan bo`lsam.
B - Ha, bo`ldi ishondim, dugonang bilan gaplashgan ekansan. Boshqa unaqa qilma men qo`ng`iroq qilganimda kim bo`lishidan qat`iy nazar, xoh onang bo`lsin, xoh otang bo`lsin menga farqi yo`q, go`shakni ko`tar bo`ptimi?
Q - Hop bo`ladi (Yig`lab)
B - O`qishga borganingda va uyga kelganingda, menga keldim deb qo`ng`iroq qil chundingmi? (Jaxl bilan)
Q - Hop bo`ladi!

 Va aloqa uzildi.

 Bu bir sevishganlarni bir suhbati edi, xolos. Bir necha kundan keyin bu holat yana takrorlandi. Bola "Bor,tur yoqol, ko`zimga ko`rinma, manga yoqmayapsan" deb so`kib tashladi.

Qiz bo`lsa yana qo`ng`iroq qilib "Kechirim" so`rayapti .



Yana bir voqea:

 Qizning boshiga og`ir bir kulfat tushdi, yaqinidan ayrildi. Sevgan yigiti aynan o`sha kuni hech bir gap aytmasdan ketib qoldi. Undan bir necha kun ilgari esa haqorat qilgan,nafsoniyatiga tekkan. Ketkandan keyin na qo`ng`iroq qildi, na xat - xabar yozdi. Qiz bu holatdan shokka tushgan edi.
 Bir necha haftadan keyin "U qaytib kelgani bilan endi foydasi yo`q. Baribir, hammasi oldingidek bo`lmaydi,men uni ortiq sevolmayman,boshqa gaplashmayman ham" dedi.
 Yaqinda tel qilibdi, "Men qaytyapman" deb qo`ng`iroq qilibdi.

 Qiz o`zida yo`q xursand, "Yana sevgi tariximizni boshqattan boshlaymiz" dedi.

 Meni bu ikki xolatni hayron qoldirgan jixati, istagan insonni haqorat qilsa, nafsoniyatiga tegsa, ota - onasidan o`zini ulug` qo`ysa, qanday qilib, u bilan sevgi tarixini yaratsa bo`ladi?

 Nima, o`sha yigiti, o`z ota - onasidan ham azizroqmi? Yoki Yigiti uchun, "G`URUR" degan narsani unutsa bo`ladimi?

 Deyarli hammamizni ota - onalarimiz, o`qishga borib kelganimizda qo`ng`iroq qilishimizni "so`rashmaydi", aksincha "iltimos" qilishadi. Ming afsuslar bo`lsinki, ko`pchiligimiz bu ishni qilmaymiz, lekin Bola esa buni xohlayapti, har doim xabar berishini xohlayapti.
 Ota - onasiga xabar bergan, hammaning oldida izza qilib, haqorat qilgan odamga, yana qanday qilib qayta qo`ng`iroq qilib, yana o`zi kechirim so`ragani, g`ururi yo`l qo`yar ekana???

  Ko`chalarda, video va rasmlarda ayrim voqealar ko`rib, beixtiyor taajubga tushaman. Bola "kechirim" so`rashi uchun qizni tiz cho`ktiradi, va g`ururni esdan chiqargan qiz "kechirim" so`raydi.

 Naqadar jirkanch xolat?

Qanday qilib, banda bandani tiz cho`kishiga majbur qilsayu, u ham tiz cho`kaversa, yana nima ekanki "sevgi uchun" emish. Bunday sevishgandan ko`ra, bu dunyoda tanho o`tkan afzal! Dunyoga biroz real ko`z bilan boqish kerak, bu dunyoda hamma narsa o`tkinchi, hamma narsa qolib ketadi, hech narsa abadiy emas. Bugingi boylik, balkim ertaga bo`lmas, bugungi chiroy balkim ertaga bo`lmas, hech kim bularni bilmaydi.
 Eyy do`stlar ko`zni kattaroq ochaylik, o`tkinchi narsalarga, sevgi qo`ymaylik!!!


Birimchi qism tugadi, Tez orada ikkinchi qismni e`lon qilaman.


понедельник, 6 октября 2014 г.

Ота ким?

Ота ким?
Профессор ўзи лексия қилаётган магистрларга “Ота ким?”
деган саволни ташлади.
 Жавоблар турлича бўлди. Ҳар кимнинг жавобидан ўз отасига
бўлган муомаласи
билиб олинар эди. Жавобларнинг ичида жуда чиройлилари
ҳам, жуда оддийлари
ҳам бор эди. Лекин профессорнинг ёдида сақланиб қолган
ва унга қаттиқ таъсир
қилгани қуйидаги жавоб эди.
Ота... Сен унинг туфлисини киясан. Аммо туфли катта, оёғинг
 эса кичик бўлгани учун
ўзингни эплай олмай йиқилиб тушасан.
Сен унинг кўзойнагини тақасан ва кўзойнакнинг сенга анча
катта эканлигини ҳис этасан.
Сен ундан машинасининг калитини сўрайсан. Ўзингни отанг
 ўрнида тасаввур қилиб,
машинани бошқармоқчи бўласан.
Хаёлингга бир нарса келиб, отангга телефон қиласан.
У ўз иши билан банд бўлса-да,
сен билан гаплашади.
Уйга қайтгач, сени бағрига босиб, меҳр билан қучиб,
юз-кўзларингдан ўпади. Бироқ
 сен билмайсан, ўша куни раҳбари уни койиган, танбеҳ
 берган бўлиши ёки шериги
 дилини оғритган бўлиши ёхуд сизларнинг нафақангиз
унга бироз оғирлик қилган
 бўлиши мумкин.
У ишдан келган заҳоти сен астагина: “Отажон, менга пул
 беринг, қанд оламан”
дейсан. У эса: “Қўзичоғим, эртага ишдан қайтишда
 ўзим олиб келаман” деб жавоб
 беради. Эртаси куни ишхонада тинимсиз ишлагани,
иссиқда толиққани, турли
одамлар билан муомала қилавериб ҳолдан тойгани
учун сенинг талабингни
унутиб, ишдан чарчаб келади. Сен ундан: “Отажон,
қанд олиб келдингизми?”
деб сўрайсан. Шунда у чарчаганини ҳам унутиб,
 сенга қанд олиб келиш учун
қалби қўри билан кўчага отланади.
Бугун эса... Туфлиси эскиргани учун киймайсан.
Унинг кийимларини, фикрларини, машинасини
эскиргани учун, модадан қолгани
 учун ерга урасан. Ахир сен ўртоқларингга зўр машина
билан мақтанишинг
керак-ку! Унинг машинаси эса мақтанишингга арзимайди.
Унинг гаплари ҳам сенга ёқмайди.
Унинг қалтироқ қўллари билан қилган ҳаракатларидан
жирканасан.
Агар уйингга оғайниларинг меҳмонга келса, отангнинг
борлиги сенга малол келади.
Ишқилиб оғайниларимнинг кўзи отамга тушиб
 қолмасинда деган ҳадик билан ўтирасан.
Кеч қолсанг, хавотир олиб, сенга қўнғироқ қилади.
 Отангнинг бу иши сенга сени
безовта қилаётгандек, халал бераётгандек,
ҳоли-жонингга қўймаётгандек туюлади.
 Агар у сенга қайта-қайта телефон қилса, телефон
 гўшагини кўтармай ҳам қўяверасан.
Уйга жуда кеч қайтганингда, ҳаётда масъулиятли
 бўлишинг учун у сени койиса (зеро,
 у ҳалиям сени тарбия қилишда давом этмоқда, ўз
масъулиятини ҳис этмоқда,
чунки, у сенга жавобгар шахсдир. Ҳар бир жавобгар
шахс эса ўз қўл остидагиларга
 масъулдир), сен унга овозингни кўтарасан, сўзларинг
билан уни қийин аҳволга
солиб қўясан. У эса индамайди. Йўқ, сендан
қўрққанидан эмас, сенинг
муомалангдан ҳайрон бўлганидан, сендан бу оҳангдаги
 жавобни кутмаганидан жим
бўлиб қолади.
Кеча йигитлик чоғларида сени елкасига кўтариб
юрар эди. Бугун эса сен ундан жуда
 ҳам “баланд” бўлиб кетдинг.
Кеча сен зўрға-зўрға гапирар, ҳарфларда хато
қилардинг. Буган эса сени ҳеч ким
жим қила олмайди, гапиришдан тўхтата олмайди.
Ўша кунларни унутдингми ёки
ўзингни унутганга соляпсанми?!
Сенга ҳар қанча қўполлик қилса ҳам, сени ҳар
 қанча ҳоли-жонингга қўймаса ҳам,
сени ҳар қанча койиса ҳам, сен индамай тур!
Ахир у сени отанг!!!
Сени гўдаклигингда, ғўрлигингда, ҳеч нарсани
 билмайдиган пайтингда бағрида
кўтариб юрганидек, энди сен ҳам уни касаллигида,
 қарилигида кўтариб юр! Унга
 қўлингдан келган барча яхшилигингни қил!
 Сендан бошқалар ўтиб кетган оталарини
қайта кўриш илинжида, отамни яна кўрармикинман
 деган орзуда яшамоқдалар.
Мендан “Кимни яхши кўрасан?” деб сўрашди.
Уларга шундай деб жавоб бердим:
 “Менинг туғилишимни тўққиз ой кутган, туғилганимда
дунёларга сиғмай, мени катта
 ҳурсандчилик билан кутиб олган, қариб,
касал бўлиб ётиб қолгунича мени тарбия
қилган инсонни яхши кўраман. У шундай инсонки,
унга бўлган муҳаббатим қалбимда
абадий яшайди. Барча одамлардан узр сўраб
шуни айтмоқчиманки, ҳеч ким
отамга ўхшамайди”.
Аллоҳим, кимнинг отаси вафот этган бўлса,
 уни кечиргин, унга раҳм қилгин, унинг жойини
 жаннатлардан қилгин, омин!
Аллоҳим, кимнинг отаси ҳаёт бўлса, унинг
 умрини тоатингда узун қилгин,
ғамларини аритгин, уни ўзи ўйламаган томондан
ризқлантиргин ва Ўзингнинг
раҳматинг билан уни ўраб олгин, омин!
Ҳа азизлар, биз отамизсиз ҳеч ким эмасмиз.
Улар бўлмаганларида биз ҳам
бўлмасдик. Шунинг учун қадрларига етайлик.
 Қул каби уларнинг хизматларида
шай турайлик. Эртага ҳидларига,
босган изларига зор бўламиз.

Manba:Islom.uz

пятница, 12 сентября 2014 г.

Erkak va ayol haqida hayol!!!

Köpdir ayollik sha'niga befarq boqqan ayollar. 
Oqibatda köz yoshlari soydek oqqan ayollar. 
Guldek ayollaring kirib gözallik degan uyga. 
Gözal böldim!,deb chiqsalar,tushib kulgili kuyga. 
Uzun sochlar kalta bölib,aylanar sap-sariqqa. 
Yarim ochiq kökragida közing tushar ariqqa. 
Qalin-qaro qoshlar göyo igna misol terilgan. 
Qoshlar terib tashlashgamas husn uchun berilgan. 
Köz-qovoqlar köm-kök xuddi eri 3 kun urganday. 
Labga turli böyoq bergan,"haligini" surganday. 
Guldek yuzga 3-4qavat sun'iy suvoq suvalgan. 
Böynidachi shoda simlar chuvalchangdek chuvalgan. 
Bul yasama qögirchoqqa qalbing qanday ochasan? 
Tirnoqlarin körgandayoq jonin saqlab qochasan. 
Yeng-yoqasiz kalta köylak huddi tars yorilgudek. 
Shumi chiroy bölsa,kim ul tuproqqa qorilgudek. 
Ziyon-zahmat tegmasin ayt! ALLOH bergan chiroyga. 
Axir pardoz bermaslarku,dogli sanalgan oyga! 
Bunday özdan kechishlar,böldi özidan ketsin. 
Bosib-bilib bergan borki,chiroyga nima yetsin?!
Ba'zi xotin xonadonda erga tashlanar tikka. 
Xonadonda xöjayindek da'vo qilar erlikka. 
Er dodini berib bu "er" ishi kamday tagin. 
Köcha-kuyda ham zör erur jilovlamasdir jagin. 
Er örnida körmay erni,bigizday barmog sancha. 
Erni haydab boshi ochiq yurganlar soni qancha?!? 
Qilar ishi sharobxörlik,tortib turli tamaki. 
Tunlardachi turli mehmon,turli-tuman amaki. 
Chala yarim pardoz qilib,qölga qöyib xinolar. 
Qilar ochiq-oydin gunoh,ochiq-oydin zinolar. 
Buni göyo gözal hayot bilib kayfin surishar. 
Yo alhazar! Bu ne bilsang basharalar burishar. 
Degin kelar ayol bölib burching bilganing qani? 
Erga ayol itoati bu Xaqqa bosh eggani. 
Unutmagin ayolliging har kech,har tong,ertalab. 
Xaq asrasin bölishingdan har hil,har kun,ertalab. 
Har ayolda iffat-iymon bölmasin hech mosuvo. 
Har ayolga insof istab qöl ochib qilgum duo!
Nima böldi köp erlarga? balki jinlar chalishgan?! 
Nazarimda kiyimlari xotin b.n alishgan. 
Bozor köcha aylanarlar,kiyib ic kiyimini. 
Chunki xotin tortib olgan ustki kiyar shimini. 
Sim deb kiygan kalta shimi,arang yopar sonini. 
Balki köz-köz qilmoq bölar erkaklik nishonini. 
Axir tög`ri kiymaysanmi ota-bobong ne kiygan? 
Alar kofircha kiyimdan har dam özlarin tiygan. 
Soclar sal kam belda tayyor,pilik solib örgudek. 
Chin insonning bu holatni közi yöqdur körgudey. 
Hujjatida erkak bo`lib quloqqa taqsa baldoq. 
Öz erkaklik vazifasin bajararkan ul qandoq??? 
Yana qiziq qöl,böyinga turli taqin taqishlar. 
Tutib turli tamaki,chapillatar saqichlar.
Otilgaydir og`izlardan har turli shaloq sözlar. 
Bir ma'no yöq jalanglagan közlar foydani közlar. 
Bunday hol bor barca yurtda,har bir qishloq,ovulda. 
Chunki hayol Xaqda emas,hayollar bari pulda. 
Hayollarda har behayo,xarom ishlar öylashlar. 
Öylamasdir oilasin,hayolida öynashlar. 
Yana ne deb ta'rif qilay zotingning bunday kasin. 
Ta'rif tamom tez ayt unga,tezroq qilsin tavbasin. 
Gözal bölsin har holating,sözlaring bölsin bolday. 
Erkak erkak bölib qolsin,ayol qolsin ayolday. 
Sözlarim bölsa noörin,mendan qilmagil araz. 
Istarimki,sendan ketsin har turli illat,maraz. 
Shirin bölsin sözing bölsin,qalb gözal,iymon gözal. 
Bölsin barcha dil bir gözal bölsa,bölgaydir har yon gözal. 
Gözal sözi nedir özi? Avval Xaqqa yoqishdir. 
Barcha birday ul narsaga havas bilan boqishdir!!!


P.S. Manba Muloqot.uz

среда, 10 сентября 2014 г.

Aqlni beaqldan o`rgan...

Yozgi  ta`tilda bir muncha vaqt ishim yuzasidan musofirlikda bo`ldim. Bu vaqtda ish o`rganishdan ham ko`ra ko`proq, hayot saboqlarini chuqurroq o`rgandim.
 Oldingilar to`g`ri aytishgan ekan, "Aqlni beaqldan o`rgan"!

Bir uyda hasharda bo`ldim, ancha vaqt u yerda ishladim, uy egasini farzandi bittagina o`g`il ekan. O`g`il yoshligidan juda ham erka o`sgan, umuman ish qilgisi kelmaydi, qo`yib bersa kun bo`yi faqat uxlasa, yeb ishsa yoki do`stlari bilan birga bo`lsa.
 Hasharga borganlar ertalab tong sahardan ishlaydi, uyoq kishi esa ishni 10 yoki 11 da boshlaydilar!!! va yana har gapida "2ta mardikor olib kelaylik, birpasda bitirib tashlaydi"mush!!!
 Sendaka Toshkentlikdan o`rgildim. Oldin o`zing ishlashni o`rgan, pul topishni o`rgan keyin kimni olib kelging kelsa olib kelaverasan.
 Otasidan har kuni so`kish eshitgani eshitgan. Q`olidan biror ish kelmaydiku, lekin birovni xato - kamchiligini topishga, birovni ustidan kulishga kelsak birinchi raqamli.

 Buvim aytar edilar "Bolani hech qachon o`zini oldida maqtash kerak emas, va iloji boricha kamroq erkalash kerak. Esini taniganidan dalaga olib chiqib yer choptirib, qora terga botguncha ishlatish kerak" der edilar.
 Yoshligimda bu ishlarni qilgandan keyin, jaxl ustida "Bolalik o`tadi ketadi, yayrab, kulib, o`ynab olish kerak, keyin kech bo`ladi" deb qovoq tumshuq qilardim. O`sha vaqtda bu ishlarni qilish juda og`ir tuyulardi, do`stlarim yozgi ta`tilni turli joylarda damolib o`tqazsa, men yozda dexqonchilik qilib o`tqazar edim, bu juda ham alam qilar edi!
 "Mehnat, mehnatning tagi rohat" deb shuni aytishsa kerak, mana katta bo`ldik, xudoga shukar ozmi-ko`pmi qo`limizdan biror ish keladi. Eng asosiysi "Men buni bilmayman,qilolmayman yoki charchadim" demayman. Yoshlikda qiyin ishlarni qilib katta bo`lgandan keyin, oddiy ishlar inson uchun hech narsa bo`lmas ekan, aksincha inson og`ir ishlarni qilib rohat olar ekan, zavqlanar ekan.

Bu bolani ko`rib yaxshi ham meni yoshligimdan ish o`rgatib, ko`p ishlatishgan ekan dedim! Xudoga shukur kam bo`lmadim!

Bolani yoshligidan ko`p ishlatish, kam erkalash, yo`qchilikka oldindan tayyorlash (ayniqsa o`g`il bollarni),  kimgadir yoqar kimgadir esa yo`q! Hamma har xil... Kimga qanaqa!? Buni faqatgina ko`rgandan keyingina odam tushunar ekan, ungacha "barchasi bo`lmagan gap" deb qo`l siltab ketaverarkan!!!


 Ko`plarni ko`rdim: otasini ko`ziga tik qarab gap qaytarib, urishadi, kerak bo`lsa "to`g`ri gapiring menga" deb qo`yadi, har ikki gapini orasida "sizni gapiz noto`g`ri, meniki to`g`ri" deb turadi, otasi gapirayotganida, gapini og`zidan olib bo`lar bo`lmas gaplar bilan otasini ustidan kuladiganlarni ko`rdim.

Hayot qiziq ekan, otasiga qanday momila qilsa, o`gli ham o`ziga xuddi shunday momila qilar ekan.

 Farzandlaringizni kamroq erkalang, haddilaridan oshib ketishmasinlar, keyinchalik o`zizga jabr bo`lib qolmasin!

P.S. Hamma farzandlariga qanday tarbiya berishni o`zi biladi, men shunchaki o`zimni fikrimni aytim, xolos...

понедельник, 2 июня 2014 г.

Kompyuterga "WhatsApp" ilovasini o`rnatish...

 Mana ikki yildirki O`zbekistonda "WhatsApp" ilovasi juda ham mashxur bo`lib kelmoqda. Bu ilova asosan telefonlar uchun chiqarilgan, lekin dunyoning eng *mashxur "Ucell" va "Beeline" kompaniyalari O`zbekistonga kelganda ishlamay qolyapti. Yoningizdagi odamga qo`ng`iroq qilsangiz ham bir chiroyli ovoz sohibasi "doiradan tashqarida" deyapti. Internet haqidayu gapirmasa ham bo`laveradi, bular oldida tilim ojiz......
 Shuning uchun ham ko`pchilik WhatsAppga kompyuter orqali kirishni ma`qul ko`ryapti. Ko`pchilik Kompyuterga "WhatsApp"ni o`rnatish haqida eshitgan, ammo qanday qilib o`rnatishni  esa ko`pchilik bilmaydi.
 Bugun shu haqida biroz to`xtalmoqchiman.
 Buning uchun eng avvalo "BLUESTACKS" programmasi kerak bo`ladi. Bu programmani bu saytdan olish  mumkin. "Agar kompyuteringizda "WhatsApp" ilovasi Android uchun versiyasi bo`lmasa ham shu saytdan olish mumkin".

   "BlueStacks"ni yuklab olganingizdan keyin, uni kompyuteringizga o`rnating.
   
   O`rnatganingizdan keyin ekraningizda mana bundan holat paydo bo`ladi va biroz vaqt programma o`zining qo`shimchalarini yuklaydi.

   
      Bu holat yakunlangandan keyin ekranda mana bu holat aks etadi

    Shundan keyin siz kompyuteringizga yuklab olgan "WhatsApp" programmangizni o`rnatasiz.
 

  Va "BlueStacks" programmalari orasida sizning "WhatsApp" Ilovangiz ham paydo bo`ladi.
 Endi siz "WhatsApp"ga kirib ro`yxatdan o`tib bemalol o`z do`stlaringiz bilan suhbatlashingiz mumkin.

P.S. Agar telefoningizdagi "WhatsApp"dagi raqamimgizni, kompyuterdagi "WhatsApp"ga ham yozsangiz telefoningizdagi "WhatsApp" ishlamay qoladi. Shuning uchun yo telefondagi yo kompyuterdagi "WhatsApp"ni ishlating, yoki bo`lmasa har biriga alohida raqam ishlating!

воскресенье, 18 мая 2014 г.

Soxtalik kimga kerak?


 Hammaga ma`lumki hozir biror joyga o`qishga, ishga kirish uchun tanish bo`lmasa juda qiyin bo`lib qolgan. Tanishingiz ham biror tanishini ishga solib, yoki mansabi kattaroq bo`lsa o`zi bur amallab sizni ishga joylaydi yo o`qishga. Qachonki shunday vaziyat tug`ilsagina bunday tanishlarni eslab qolamiz, yo`qlaymiz, hurmat0izzatini joyiga qo`yamiz, umrimizda yo`qlamagan odamimizni uyda ba`zim uyushtirib uni mehmondorchilikka chaqiramiz. Hullas ishimiz bitgunuga qadar uni boshimizda ko`tarib yuramiz, keyin esa ya`ni ishimiz bitgandan keyin “SEN KIMSAN?” deyishdan ham toymaymiz,va keyin  yana esga hammom, eski tos deb yuraveramiz.
 “Nega shunday ekana?”, ” Nima tanishlarni boshqa paytda o`zimiz shunchaki eslamasak bo`lmaydimi?”, “Yoki aynan boshimizga o`gir kun kelib, qiynalganimizda eslashimiz kerakmi?”, bunday savollarni oxiri yo`q! Va bu savollarga javob hammada bir hil: “ISHIM JUDA KO`P, VAQTIM YO`Q”! Menimcha bu javob bo`la olmaydi!

 Ko`pincha hayotda bir narsaga guvoh bo`lamiz, ya`ni, agar bir necha dugona, do`st yeg`ilib qolsa har dom birinchi navbatda salom – alik, hol – ahvol so`raladi va keyin esa biror kimni g`iybati boshlanadi, ortidan uning shaniga yomon gap – so`zlar aytiladi. Lekin o`sha paytda gi`ybat qilinayaotgan odam kelib qolsa yoki o`zi bilan uchrashib qolsak uni hech qachon o`zi haqidagi yomon gaplarni aytmaymiz, faqatgina yaxshi gaplar bilan ko`klarga ko`taramiz.
 NEGA AHIR??? Ortidan ko`targandan ko`ra, o`zini yuziga aytgan yaxshi emasmi?, G`iybat qilish yoki ortidan gapirish gunoh shekili, agar adashmayotgan bo`lsam!
 Yana bir muommo! Agar kimdir biror kimga yomonlik qilsa, shu yomonlikni boshqalarga aytib, boshqalarni ham unga qayrash yo`q emas hozir!
  Shu vaqtda bir narsa esimizdan chiqib qoladida:, “U ham bir banda, u ham xato qilishi mumkin, nafaqat u balki o`zimiz ham adashim xato qilishimiz” haqida biroz o`ylasak balkim yaxshi bo`lardi.
  O`sha yomonlikni yoki xato o`zingiz biling, qolganlar bilganidan nima foyda?
  Nima bu bilan sizni obro` - e`tiboringiz oshib qoladimi?
 Balkim bu xato boshqa qaytarmas, qachonki o`sha xatosini faqatgina o`ziga aytsangiz.  Yoki o`sha xato – kamchiliklarini o`zingiz berkiting, biror joyingiz kamayib qolmas!

    Bularni yozishdan biror naf bormi, yo`qmi, o`zim ham bilmayman. Agar bittagina odamga nafi tegsa ham juda xursand bo`lardim. Men aytadiganimni aytdim, endi bularni o`ib mulohaza qilish o`zingizdan. Balkim bu postim kimgadir yoqar, kimgadir esa yoqmas lekin bular meni shaxsiy fikrlarim!

   P.S. “HECH KIMGA BIRDEK YOQIB BO`LMAYDI”


пятница, 9 мая 2014 г.

YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI


Dardu hasrat yer ekan ko`ngil to`rini, 
Ko`z yoshin yuvmaydi zamin sho`rini. 
Ba`zan murda ham topolmay qolar ekan go`rini, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



So`zing ham o`tmay qolar ekan goh, 
Qochishadi oshna og`ayni seni ko`rgan choh. 
Qani ishongan bog` suyangan tog` ,? 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



Tashvishlar o`raydi to`rt tomoningdan, 
Tosh chiqaveradi yegan nonningdan. 
O`zinikilar ham ba`zan o`tkazib yuborardi joningdan, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



Omad yo`q atalaga ham o`tmaydi tishing, 
Yo`qlab kelmas ekan bir yaqin kishing. 
Nomard-u pastkashlarga tushadi ishing, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!


Xudo o`zi bilar kim qachon ketar, 
Bir kam bu dunyo ko`ngling hun etar. 
Husningdan ayirar kuning tune tar, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



Orzu bog`ing darddan beradi hosil, 
O`ylayverib ohiri o`zing ham bo`lasanku sil. 
Osilsang ham saaal pastroq dorga osil. 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! 

Yigit yiqilsa nopok hotin to`ra, 
Ko`rmaganni ko`rgani qurub ketsin jo`ra. 
So`rasang ham bandadan emas hudodan so`ra. 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!


                                                Man man degan yigitlar sinadi hayot zo`ridan, 
Singangga kim ham joy beradi davra to`ridan. 
Kim bo`shatib beradi issiq o`rnini, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!

Bunday o`qishdan nima foyda?

 Hozirda O`zbekiston Respublikasida 9+3 (Majburiy+Ixtiyoriy) tizimida ta'lim olish belgilangan. Ya'ni 9 yil maktabda majburiy o`qitiladi va 3 yilni esa o`zi tanlagan istagan kollej yoki akademik-litseyda davom etirishi kerak.
 Barchaga ma`lumki 9 sinf bitirilayotganida bitiruvchilardan juda ko`plab testlat olishadi, xar hil varoqlar (kollej yoki litseylar uchun) to`ldirtiriladi. O`sha varroqlardan birida o`quvchi o`zi kirishni xohlayotgan kollej yoki litseyni tanlashi kerak, har bir o`quvchi uchun 3 martadan imkoniyat beriladi toki kollej yoki litsey o`z web saytini yopgunga qadar. Shunda har bir o`quvchi o`zi xohlagan ta`lim markaziga borib uni shart-sharoitini, qanaqa yo`nalishlar borligini va hakozolarni bilib kelishlari kerak. Lekin hozirda ko`pchilik yoshlar OBRO`, E`TIBOR, MAQTANISH uchun ham o`zlari xohlamagan, yoqtirmagan o`qishga hujjatlarini topshirishyapti. Masalan: Vest Ministir, Yuridik kolleji, Narxoz kolleji, Axborot Texnologiyalar kolleji va h.k.
 Mayli ota - onasini puligami yoki o`zini kuchi bilanmi, nima bo`lganda ham o`qishga kirdi ham deylik. Keyin boshlanadi diy diyolar: Menga o`qish yoqmayapti, borgim kelmayapti, qayerdan ham kirdim shu joyga, undan ko`ra sharagaga kirsam bo`lar ekan pulini berib qo`yib yurardim va h.k.

Seni bu o`qishga kirishga kim majbur qildi? - Hech kim!

"Doim bir hil javob olasiz!"

Aniq ayta olamanki aynan shunaqa kirgan bollar pul bilan kirganlardir. (Agar adashayotgan bo`lsam, eng kamida 70 yo 80 % o`quvchilar kirgan bo`ladi).

Hammaga ma`lumki birinchi navbatda pul berganlar yoki tanishi borlar o`qishga qabul qilinadi va keyin esa imtihon orqali kirganlardir! Shu pul berganlar kasriga, bu yoqda bilimi borlar, aynan shu sohaga qiziquvchilar bir chetda qolib ketadi!

Hech qaysi biri, hech qaysi biri aynan o`zi tanlagan sohasi bo`yicha ketmaydi, bu aniq! Chunki ular yengil hayotga o`rganib qolgan, ota-onasini puliga katta bo`layotganlardir. Undaylar eng keng tarqalib borayotgan kasblarni tanlashadi, ya`ni: Malikada telefon oldi-sottisi, Paynet shahobchasini ochish, va yana har xil aksesuarlar sotish bilan shug`ullanadigan kasblarni tanlashadi. Lekin, Lekin ularni o`qishlari hech qachon bunday kasb egalarini tayinlab bermaydi, aksincha undan ham zo`rlarini tayinlab beradi, lekin ular buni xohlashmaydi!

Asosiy sabab, bunday yetuk inson bo`lish uchun eng avvalo sabr toqat bilan o`qish lekin inson zoti SABRsizdir!

 Bunday bo`lishiga kim aybdor deb o`ylaysizlar???

Asosiy sababchilar o`quvchilar atrofida yurgan kattalardir (biror o`qish o`quvchilari).
  Ular bitiruvchilarga har ko`rganida "meni o`qishimga kir, meni o`qishm eng zo`ri, seni men himoya qilib yuraman, qanotim ostida bo`lasan" degan gaplar bilan bolani yo`ldan ozdirishadi. Va bola ota - onasiga "men shu o`qishga kirmoqchiman, menga shu o`qish yoqdi" degandan keyin, ota - ona nima ham qilsin, "bolam shu o`qishni xohlabdi, demak shu sohaga qiziqyaptida "deb ota - ona ham rozi bo`laveradi lekin aslidachi???

  Bunaqa o`qigandan nima foyda, kimga foyda, qanaqa foyda???  bunday savollar ko`p, lekin javob yo`q.

 "Biz yosh avlod buyuk kelajak qurishimiz kerak" to`g`rimi?
 Nima shunaqa o`qib chiqqan chala savodlilar bilan kelajak quramizmi?

 Hozir pul bo`lsa changalda sho`rva bo`lib qolgan! Barcha katta - katta lavozimlarda umuman o`qishga qadam bosmagan, faqat pul bilan bitirgan, o`zini sohasida hech narsani bilmaydigan, boylarni farzandlari o`tiribdi, bu bilan O`zbekiston kelajagi gullab yashnaydimi? yoki jar tomonga

 Kallasida hech nima yo`qu lekin hammasi katta - katta lavozimlarni xohlaydi, "Jon chekmasang, jonona qayda" ta`rifini menimcha esdan chiqarib qo`yyapmizda!
 Shu bitiruvchilarga biroz to`g`ri yo`l ko`rsataylik, nima otasi sotuvchi bo`lsa bolasi ham sotuvchi bo`lishi kerakmi?, farzandlarimizni, uka, singillarimizni o`zlari qiziqqan, yoqtirgan kasb egalari bo`lishlariga biroz yordam beraylik, bundan biror joyimiz kamayib qolmasa kerak, to`g`rimi?
  Balkim shunda O`zbekiston kelajagi bundan ham gullab, yashnar!

 Yoshlarni o`qish, kasb tanlashiga biroz e`tiborliroq bo`laylik!!!

вторник, 7 января 2014 г.

Boy va Kambag`al

   Nega aynan mavzu Boy va Kambag`al deb o`ylayotgandirsiz, aslida bu mavzuni bir necha oy avval yozmoqchi edim, lekin hafsala qilmaganim uchun bu amalga oshmagan edi. Yaqinda bloggerlar o`rtasida chempionat bo`lishini eshitganimdan so`ng bu mavzuni yakunlamoqchi bo`ldim. Agar bu post kimnidir ko`nglini og`ritsa yo kimgadir tegib ketsa oldindan uzur so`rayman!!!

  Boy ham kambag`al ham inson. Ularni ham ona dunyoga keltiradi. Lekin kambag`alni aybi, kambag`al bo`lib tug`ilgani emasku, to`g`rimi?
   Buni limdirlar omadga yoyadi, kimdirlar esa yillar davomidagi olingan bilim mevasi deyishadi, lekin aslida esa bu OLLOHNING SINOVIDIR!!!

   Bu juda og`ir sinov hatto boy uchun ham. Chunki oldin kambag`al bo`lib keyinchalik omadi kelib boy bo`lib ketsa, o`zini topar-tutarini bilmay qoladi. oldin kim ekanligini unitib qo`yadi, bu ham bir sinovdir.
   Kambag`al uchun esa juda ham og`ir sinov!

   O`zbeklar doim farzandim deb o`lib-kuyadi, butun umrini farzandim baxtli bo`lsin, men ko`rmagan narsalarimni farzandlarim ko`rsin deydi. O`zi esa bu hayotda kulib-yayrab yashay olmaydi. Farzandini bu baxtga erishtirish boy uchun hech narsa emas, bir og`iz gap yetarlidir.
   Kambag`al esa erta saxardan, to qosh qorayguncha ishlaydi, mehnat qiladi. Kambag`al uchun qanday kiyinishni, qayerda o`qishni, qayerda o`qishu, qanday ovqat yeyishni farqi yo`q. Ular faqat hayot uchun kurashadilar xolos.
   Boy esa dunyodagi eng eng yaxshilarini kiyadilar. yeb-ichadilar! Ular uchun pulni qadri yo`q.

  Masalan: bir hisob-kitob qilib ko`raylikchi. Boy faqat butiklardan kiyinadi (tan loish kerak, u yerda sifatli narsalar bo`ladi, shuning uchun ham qimmat). Boy bosh-oyoq kiyinib chiqishi uchun 1 200 000 so`m, nari boring 9 000 000 so`m sarflaydi. Aynan shu pulga kambag`al 1 yoki 2 mavsum kiyinadi ba`zida esa 3 mavsum.
   Boyni farzandlari kiyimlarini faqat bir mavsum kishadi, kambag`alni farzandlari esa akasinikini ukasi, ukasinikini esa undan kichik ukasi kiyadi, toki u kiyim ado bo`lmaganiga qadar. Kambag`al bulardan hech qachon or qilmaydi.

Yana bir gap, boy bilan kambag`alni oilasidagi eng katta farqni bilasizmi???
  Bilmasangiz mana men aytaman! Kambag`al boydan kambaga`lroq bo`lsa ham lekin undan ming chandon baxtliroq. Ular har kunini bayram qiladilar, farzandini har bir yutig`i ular uchun juda katta g`urur va quvonch beradi.

   To`g`ri agar yoshlikdan o`qib-izlansa boy bo`lishi mumkin, bunga shubxa qilmayman. Faqat boy bo`lganidan keyin inson o`zligini  va hech qachon o`chirib bo`lmaydigan tarix borligini ham unitish kerak emas!!!

   Kambag`al ham boy ham bir kun vafot etadi, hamma o`sh joy ollohning huzuriga boradi. Ikkisi ham savol-javobdan o`tadi. O`sh payt bu boy edi, bu kambag`al edi deb ajratmaydi, uning oldida hamma bir! Shunchaki bu dunyo o`tkinchi dunyo, pul qo`lni kiridir, iloji boricha odamlarga qo`lizdan kelganicha yaxshilik qiling!!!

Messi qo'ygan ayrim rekordlar.

Lionel Messi o'rnatgan ayrim rekordlar!



•4 karra Jahonning eng kuchli o’yinchisi bo’lgan yagona o’yinchi (Oltin to’p)



•Yevropa futboli tarixidagi 3 marta“Oltin butsa”ni qo’lga kiritgan yagona o’yinchi



•“Barcelona”safida rasmiy o’yinlarda gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—324 gol•Bir mavsum davomida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2011/12)—82 gol



•Bir kalendar yili davomida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2012)—91 gol



•“Barcelona”safida bir mavsum davomida barcha musobaqalarda gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2011/12)—73 gol



•“Barcelona”safida bir kalendar yili davomida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2012)—79 gol



•“Barcelona”tarixida Yevrokuboklarda gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—67 gol



•“Barcelona”tarixida Chempionlar Ligasida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—66 gol



•“Barcelona”tarixida La Liga bahslarida eng ko’p gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—224 gol



•Bir mavsum davomida La Liga bahslarida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—50 gol



•Bir kalendar yili davomida La Liga bahslarida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—59 gol



•Bir mavsum davomida La Liga bahslarining uy o’yinlarida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2011/12)—35 gol



•Bir mavsum davomida La Liga bahslarining mehmon o’yinlarida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2012/13)—24 gol



•Bir mavsum davomida La Liga bahslarida xet-trikga erishish bo’yicha rekord o’rnatgan (2011/12)—8 marta



•Milliy chempionatlar orasida ketma-ket o’yinlarda gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2012/13)—21ta o’yin



•Karyerasi davomida Ispaniya Super kubogida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—10 gol



•Karyerasi davomida Klublar o’rtasida Jahon chempionatida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan—4 gol



•Bir mavsum davomida Chempionlar Ligasi bahslarida gol urish bo’yicha rekord o’rnatgan (2011/12)—14 gol



•Chempionlar Ligasi tarixida play-off bahslarida pokerga erishgan birinchi o’yinchi (1/4 final,“Barcelona”—“Arsenal”—4:1)



•Chempionlar Ligasi bahslarida bitta o’yinda 5ta gol urgan yagona o’yinchi (1/8 final,“Barcelona”—“Bayer”—7:1, 07.03.2012)



•Chempionlar Ligasi tarixida ketma-ket 4 marta musobaqa to’purari bo’lgan yagona o’yinchi (2009—2012)



•Chempionlar Ligasi bahslarida karyerasi davomida xet-trikga erishish bo’yicha rekord o’rnatgan—4 ta



•Bir mavsum davomida Chempionlar Ligasi bahslarida xet-trikga erishish bo’yicha rekord o’rnatgan—2 ta (2011/12)



•“Oltin butsa”ochkolari bo’yicha rekord o’rnatgan. Messi bir mavsum davomida 100 ochko to’plagan—2011/2012



Ps: Messi xozirga qadar 126 ta rekord qo'ygan.



Manba: barca-club.uz

Lionel Messi yutgan sovrinlar.



Assalomu alaykum hurmatli saytimiz a'zolari. Biz bugun amaldagi dunyoning eng kuchli o'yinchisi hisoblangan Lionel Messining faoliyati davomida qanday yutuqlarga erishgani haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.





Jamoaviy yutuqlari (Barcelona):





* Ispaniya Chempioni (6): 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13





* Ispaniya kubogi sohibi (2): 2008/09, 2011/12





* Ispaniya Super kubogi sohibi (6): 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013





* Chempionlar Ligasi sohibi (3): 2005/06, 2008/09, 2010/11





* UEFA Super kubogi sohibi (2): 2009, 2011





* Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi (2): 2009, 2011





Argentina milliy terma jamoasi safida erishgan yutuqlari:





* Yoshlar o'rtasida Jahon chempioni: 2005





* Olimpiada o'yinlari chempioni: 2008





Shaxsiy yutuqlari:





* Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati eng yaxshi to'purari: 2005 (6ta gol)





* Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati eng yaxshi o'yinchisi: 2005





* Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi 21 yoshgacha: 2005





*"Golden boy"premiyasi g'olibi: 2005





* Bravo sovrini g'olibi: 2007





* Argentinada yilning eng yaxshi o'yinchisi sovrini g'olibi (6): 2005, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011





* FIFPro versiyasi bo'yicha Jahonning eng yaxshi yosh o'yinchisi (mutaxassislar ovozi bo'yicha) (3): 2006, 2007, 2008





* World soccer versiyasi bo'yicha Jahonning eng yaxshi yosh o'yinchisi (3): 2006, 2007, 2008





* Ispaniya milliy chempionati terma jamoasi o'yinchisi (4): 2006/07, 2007/08, 2008/09, 2009/10





*"Don Balon"premiyasi g'olibi (3): 2007, 2009, 2010





* Amerika kubogi eng yaxshi yosh o'yinchisi: 2007





* EFE sovrini g'olibi (5): 2007, 2009, 2010, 2011, 2012





* FIFPro versiyasi bo'yicha Jahonning eng yaxshi yosh o'yinchisi (muxlislar ovozi bo'yicha) (3): 2006, 2007, 2008





* FIFA milliy terma jamoasi o'yinchisi (6): 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012





* UEFA versiyasi bo'yicha Yevropa milliy terma jamoasi o'yinchisi (5): 2008, 2009, 2010, 2011, 2012





* ESM versiyasi bo'yicha Yevropa milliy terma jamoasi o'yinchisi (6): 2006, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012





* Ispaniya chempionatining mavsum bo'yicha eng yaxshi hujumchisi: 2008/2009





* Ispaniya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi (Di Stefano sovrini) (3): 2008/2009, 2009/2010, 2010/2011





* Ispaniya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi (LFP versiyasi bo'yicha) (4): 2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012





* Ispaniya chempionatining eng yaxshi hujumchisi (LFP versiyasi bo'yicha) (4): 2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012





* Chempionlar Ligasi to'purari (4): 2008/09(9ta gol), 2009/10(8ta gol), 2010/11(12ta gol), 2011/12(14ta gol)





*"Marca"va"La Gazzetta dello Sport"gazetasini o'quvchilari versiyasi bo'yicha Chempionlar Ligasi eng yaxshi o'yinchisi 2008/09





* UEFA versiyasi bo'yicha Chempionlar Ligasi eng yaxshi hujumchisi: 2008/09





* UEFA versiyasi bo'yicha Chempionlar Ligasi eng yaxshi o'yinchisi 2008/09





* FIFPro versiyasi bo'yicha Jahonning eng yaxshi o'yinchisi (3): 2009, 2010, 2011





* Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati eng yaxshi o'yinchisi (2): 2009, 2011





* FIFA versiyasi bo'yicha Jahonning eng yaxshi o'yinchisi: 2009





*"France Football"versiyasi bo'yicha Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi: 2009





* World Soccer versiyasi bo'yicha Jahonning eng yaxshi o'yinchisi (3): 2009, 2011, 2012





* Fransuz jurnali Onze Mondial versiyasi bo'yicha Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi (3): 2009, 2011, 2012





* Castrol Rankings versiyasi bo'yicha mavsumning eng yaxshi o'yinchisi: 2009/10





*"Oltin butsa"sohibi (3): 2010, 2012, 2013





* Ispaniya chempionati eng yaxshi to'purari (2): 2010, 2012





*"Marca"gazetasini o'quvchilar versiyasi bo'yicha"Legenda"sovrini g'olibi.





* Dunyoning eng kuchli o'yinchisi (Oltin to'p): 2009, 2010, 2011, 2012





* Ispaniya kubogi to'purari: 2011





* Chempionlar Ligasi finalining eng yaxshi o'yinchisi: 2011





* Chempionlar Ligasi finalining eng yaxshi o'yinchisi (muxlislar ovozi bo'yicha) (2): 2009, 2011





* Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi: 2011





* Yilning eng yaxshi to'purari (IFFHS versiyasi bo'yicha) (2): 2011, 2012





* Argentinaning yilning eng yaxshi sportchisi: 2011





* L'quipe versiyasi bo'yicha yilning eng yaxshi sportchisi: 2011





* ESPN versiyasi bo'yicha Jahonning eng yaxshi atleti: 2012





Manba: barca-club.uz

YouTube ҳақида 21 факт!

YouTube – катта ҳажмдаги видео файллар тўпланган сайт. Бу сайтга рўйхатдан ўтган фойдаланувчилар видео файлларни жойлашлари мумкин. Исталган фойдаланувчи эса бу видеоларни кўриши мумкин. Демак сайт ҳақидаги ақлга сиғмас фактлар билан танишинг.
  • YouTube домени 2005 йил 14 февралда (Валентин кунида) рўйҳатдан ўтган. Бу дегани байрам қилиш учун яна бир сабаб бор.
  • Бу проект аъзолари Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim лар ҳисобланишади. YouTube сайтини яратишдан олдин бу инсонлар Paypal да иш юритишган.
  • Дастлаб YouTube сайти видео танишувни амалга ошириш учун яратилган эди. Севишганлар реал вақтда бир бирларини кўриш имкониятига эга бўлишар эди, кейинчалик бу сайт видео хостинг бўлди.
  • Рўйҳатдан ўтган YouTube фойдаланувчиларининг 70%АҚШ фуқароларидир, 50% фойдаланувчиларининг ёши 20 ёшдан кичик. Бунисига нима дейсиз?
  • YouTube га жойлаштирилган видеоларнинг барчасини кўриш учун 1000 йилдан кўп вақт керак бўлар экан.
  • Сайтнинг мусиқа категорияси энг таниқли категория ҳисобланади. Барча видеоларнинг 20% шу категорияга тегишли экан.
  • Америкаликлар сайтга энг кўп видео файлларни жойлаштирадиганлар экан, улардан сўнг Буюк Британия жой олган. Энг кўп видеоларни томоша қиладиган давлат ҳам АҚШ экан, 2 чи ўринда Япония давлати.
  • YouTube га дастлабки видеони сайт яратувчиларидан бири Джавед Карим киритган. Видео “Мен ҳайвонат боғидаман”  деб номланган эди. Бу видео 18 секундлик экан.
  • Бир кунда 2 миллиардан кўп инсонлар бу сайтда видео томоша қилишар экан.
  • Google компанияси YouTube ни 2006 йилда сотиб олган. Сайт нархи 1.65 миллиард долларни ташкил қилган.
  • 2010 йил ноябр статистикасини оладиган бўлсак, 1 минутда YouTube га 35 соатлик видео жойлаштирилар экан, бир кунда эса бу кўрсаткич 50400 соатни ташкил қилар экан.
  • YouTube да бу видео файл ўчирилган деган хабар чиқса, видео физик жиҳатдан ўчмаган бўлар экан, бу видеони махсус дастурлар орқали кўриш мумкин бўлар экан(мисол учун Deleted YouTube Video Viewer).
  • Ҳар йили 1 апрел-ҳазил кунига сайт бирор қизиқ ишларни амалга оширади. Мисол учун 2009 йилда сайтдаги барча видеолар тескари кўрсатадиган қилиб қўйилган, 2010 йилда эса видеолар ўрнини матн лар эгаллаган эди, ҳўш бу йил нима бўлар экан.
  • Агар бу сайтни бирор кинокомпания деб олсак, бу компания ҳафтасига 60 минг кино чиқара олар экан.
  • Сайт тўлиқ Python дастурлаш тилида ёзилган.
  • 14 ноября 2007 йилда сайтнинг рус тилидаги версияси ишга тушди, бу версияга дастлабки жойлаштирилган видео файл Пётр Наличнинг “Гитар” номли клипидир.
  • Сайт фойдаланувчилари .mpeg, .avi форматидаги видео файлларни жойлаштиришлари мумкин. Сайт эса бу видеоларни FlashVideo(.mp4) га ўзгартириб беради.
  • MoldytoasterMedia номли YouTube фойдаланувчиси 2011 йил  14 декабрда энг узун видеони сайтга жойлаган(596 соат 31 минут ва 21 секунд). Бироздан сўнг унинг видеоси ўчирилган.
  • 2008 йил Покистон, 2009 йил Хитой давлатлари бу сайтни ўз фуқаролари учун блоклаб қўйишган.
  • Ҳозирги кунда сайт 30 га яқин тилларга таржима қилинган.
  • "Universal Tube and Rollform Equipment" номли фирманинг сайти utube.com эди ва бу сайт ҳам YouTube сайти каби ўқилар эди. Шу сабабли фирма YouTube ни судга беради, лекин бундан наф чиқмайди. Кейинчалик фирма сайти utubeonline.com га ўзгартирилди.
Manba:AKMX.UZ

Windows, фактга асосланган приколлар.

Windows опрацион тизими ҳам камчиликлардан фориғ эмас. Жуда кўп хатоликлар, ишлаётган дастурларнинг қотиб қолиши бутун операцион тизим учун катта минусдир. Шу сабабли кўпчилик linux операцион тизимига ўтиб кетмоқда.
Windows даги “не отправлять” деган ёзув барчани асабийлашишга олиб келмоқда, энг ачинарлиси бу кўк экрандир(синий экран смерти). Қуйида windows операцион тизимида содир бўладиган прикол камчиликлар ва хатоликларни кўрамиз. Буларнинг баъзи бирларини хато дейиш нотўғри бўлади, чунки биз учун хатодек кўринган амаллар аслида тўғридир. Демак кеттик:
  • Windows операцион тизими ҳам Америкада содир этилган 11 сентябрдаги портлашга ўз қарашини ифода этган. Нью-Йорк штатида содир бўлган қўпорувчилик тарихда Q33 номини олганини билсангиз керак. Шу билан боғлиқ факт.
Microsoft Word дастурини очамиз ва у ерга Q33 NYC ёзувини ёзамиз ва шрифтни кўриниши учун каттароқ қиламиз.NYC - NEW YORK CITY дегани. Сўнг шрифтлардан Wingdings номли шрифтни танлаймиз, хўш натижа қандай?
  • Microsoft Word дастурини очамиз ва у ерга =rand(200,99) ёзувини ёзамиз. Ундан сўнг Enter тугмасини 3 секундча босиб турамиз. Булочка, чой тўғрисида бир балолар..... яъна бир неча қатор аааа. Буни ким тушунтира олади..
  • Фойдаланувчиларни ҳайрон қолдиришни давом этамиз. Яъна бир бор Microsoft Word дастурини очамиз ва у ерга «хочу избежать службу в армии» (худда шундай ёзамиз) деган ёзувни ёзамиз, word яшил чизиқ билан кўрсатиб, бошқа маънода ёзиш кераклигини кўрсатади. Ўша бошқа маънони бир ўқиб кўрасизми а..
  • Энди навбат калькуляторга. Калькуляторни очамиз ва калькуляторнинг 2 хил типида(обычный ва инженер) қуйидаги амални бажарамиз. 2 га 2 ни қўшиб ва 2 га кўпайтирамиз. Қайси натижа тўғри? Шу орқали калькуляторлар фарқини билиб оларсиз.
  • Windows операцион тизимида con” номли файл ва папка яратиш мумкин эмас. Con  сўзининг маъноси “ботаник” дир. Балки Билл нинг ёшлигида уни шу ном билан аташгандир. Шу сабабли ўзининг дастурини бу сўздан узоқда сақлагандир а? Ундан ташқари қуйидаги сўзли файл ва папкаларни ҳам ярата олмайсиз(қўштирноқсиз): "aux", "com1", "lpt1", PRN, CLOCK$, LPT1, LPT2, LPT3, COM2, COM3, COM4, LPT. Приколми? Аслида бу сўзлар киритиш/чиқариш га оид заҳираланган сўзлардир.
  • Бу приколни қилишда эҳтиёт бўлинг. Барча очилган word ойналарини қотириб қўйади. Бу мақолани ёзишда ўзим ҳам шу қотишни қурбони бўлдим. Word ни очасиз ва у ерга «Уточнение наличия запасов м.с.;» ёзувини киритасиз ва тамом... 2003 word дан тепа версияларда ишлайди.
  • Фуқароларни хуқуқлари ҳақида word ҳам ўз қарашларини ифода этган. Word ни очиб у ерга «правоспособность-способность лица иметь гражданские права и нести обязанности» ёзувини ёзамиз ва word дарҳол ёпилиб қолади. Word ҳам майнавозчилик бўлиб қолибди ўзи.
  • HTML да алкогол ичимликлариниг ҳам ранглари мавжуд экан. Энди ранг танлашда "#beer", "#vodka", "#tequila”, "#windows", "#Andrew", "#blood" рангларидан фойдаланиш мумкин.
  • Буниси эса хақиқий чайниклар учун прикол. Бирор видео файлни очамиз(Winamp, Bsplayer, Windows media) ва тўлиқ экранга ўтамиз. Сўнг PrintScreen орқали экран нусхасини олиб, Paint га ташимиз. Марҳамат томоша қилинг paint да видео файл.
  • Чайниклар компютерининг система вақтини 2094 га ўзгартириб қўйинг, жуда кўп дастурлар ишламайди ёки қотиб ишлайди. Сабабини фақат сиз биласиз ва бироз пул ҳам ишлаб олишингиз мумкин.
Manba:AKMX.UZ

Facebook - aqlga sig'mas faktlar.

  • Facebook нинг 600 миллионга яқин актив фойдаланувчилари мавжуд, улардан 40 миллиони ҳар куни ўз статусларини ўзгартириб туришади.
  • Ҳар ойда  facebook га ўртача 2,5 миллион та расмлар жойлаштирилади.
  • Facebook фойдаланувчиси (1 та фойдаланувчи)ни ўртача дўстлари сони 130 тани ташкил этади, ва улар ҳар ойда ўртача 8 та одамга дўст бўлишни таклиф этишади.
  •  Facebook трафик (фойдаланувчилар сарфлайдиган мегабайтлар) бўйича Google дан кейин иккинчи ўринда турар экан(2012 йил бошида), лекин исталган вақтда биринчи ўринга чиқиб олиши мумкин.
  •  Агар facebook фойдаланувчилари умумий сони бирор давлатни ташкил этганда, Хитой ва Ҳиндистондан кейин аҳоли кўплиги бўйича 3 ўринда турар эди.
  •  Дастлаб facebook коллеж ўқувчилари учун яратилган ижтимоий сайт эди, лекин ҳозирги кунда 70% фойдаланувчиларнинг ёши 26 дан каттадир.
  •  Ўрта ҳисобда 1 та фойдаланувчи facebook да кунига 55 минут ўтирар экан, 1 ойда 25 та комментария қолдирар ва 9 маротаба like тугмасини босар экан.
  • Фойдаланувчиларнинг 70%, Америка Қўшма Штатларидан ташқарида истиқомат қилишади.
  • Сурия, Хитой, Ветнам ва Эрон давлатлари facebook дан фойдаланишни тақиқлаб қўйишган.
  • 2009 йил сентябр ойида, facebook яратувчиси Марк Цукерберг, сайт келтирган маблағ, харажатларни тўла қоплаб, фойда томонга ўтганлигини эълон қилди.

  •  Флорида штатида, шу штвтнинг судя ва адвокатлари facebook орқали бир бири билан дўст бўлишини тақиқлаб қўйди.
  •  Facebook да фойдаланувчи номи, унинг расми, истиқомат қиладиган шаҳари ва хаказолари расмий очиқ ҳисобланади.
  • Digital SkyTechnologies компанияси facebook ни $200 млн билан молиялаштирган, бу ёрдами эвазига сайтнинг 1,96% долясига эга бўлган. Бу ижтимоий тармоқ ривожи учун Goldman Sachs ва DST банклари ҳам биргаликда $500 млн пул ажратишган.
  • Ҳеч қайси Facebook ҳодимлари, шу номли филмда суратга тушишга рози бўлишмаган.
  • 20 минут ичида facebook да 1миллион сылка Лар дунё юзини кўрар экан(2012 йил учун).
  • Ҳар соатда 4,5 миллион одам facebook орқали қандайдир маросимларга(мероприятие) ларга таклифномалар олишар экан.
  • Facebook сайтига дастлабки ёрдам пули ажратган(спонсорлик) шахс бу- Paypal яратувчиси Питер Тиль дир, у бу проект учун 2004 йил 500 000$ ажратган.
  • Facebook учун яратиладиган илова(приложения)ларни 800 000 яратувчи(разработчик) яратади.
  • Facebook 70 га яқин тилларга таржима қилинган, 300 минга яқин фойдаланувчилар бошқа тилларга таржима қилишга ёрдамлашиб юборишган.
  • 65 миллинга яқин facebook фойдаланувчилари, сайтга мобил телефон орқали уланишади, бу дегани актив фойдаланувчиланинг 50%.
  • Facebook нинг қуйидаги шаҳарларда офиси мавжуд: Дублин, Лондон, Париж, Сидней, Торонто, Нью-Йорк, Чикаго, Атланта, Даллас ва Детроит.
  • Цукерберг нинг йиллик ойлик маоши(2011 йил учун) 500 минг долларни ташкил этади.
  • Facebook дунёда фото хостинг бўйича биринчи ўринда туради, Ҳар куни бу хостинг серверига 3 террабайтга яқин расм жойлаштирилар экан. Сервердаги умумий расмларсони 40 миллиардни ташкил қилар экан.
  • Facebook дан фойдаланувчилар умуман қутила олишмайди, агар сиз ўз номингизни у ердан ўчириб ташласангиз ҳам, сиз ҳақингиздаги маълумотлар серверда сақланиб қолаверади. Сизнинг исмингиз, ёшингиз ҳаттоки расмингиз ҳам серверда 4 нусҳада сақланади. Сиз хат орқали администраторга ўз профилингизни ўчириб ташлаш хақида хабар жўнатишингиз мумкин, лекин фойдаси бормикин...
  • 57% одамлар аввал facebook  орқали танишиб, кейин ҳаётда учрашишар экан.
  • 2011 йил янги йилда фойдаланувчилар 750 миллион расмларни facebook  га жойлаштиришган.
Manba:AKMX.UZ

Skype ҳақида фактлар ва статистика

Бу мақолада маълумот алмашувчи яна бир ажойиб дастур skype ҳақида ёзмоқчиман. Бу дастур, WhatsApp дастурига қараганда мукаммалроқ ва кексароқ ҳисобланади. Бу дастур компютерларга, мобил телефонларга, планшетларга ўрнатилиши мумкин. Skype - бу клиент дастур, сайт, корхонадир.
Skype – бу бепул дастурий таъминот ҳисобланади. Унинг кодлари ёпиқ ҳолатда тарқатилади ва компютерлар орқали интернет муҳитида овозли сигналларни шифрлаб жўнатишга ҳизмат қилади(VoIP). Ундан ташқари мобил телефон ва уй телефонларига маълум бир трафик асосида қўнғтроқни амалга оширувчи дастурҳамдир. Демак у ҳақида маълумотлар беришни бошлаймиз.
  • Бу дастурий таъминот 25 тагача абонентни овозли конференция қилиши, видеозвонокни амалга ошириши, 10 тагача абонентни видеоконференция қилиши, матнли конференция қилиши(чат) ва маълумотларни жўнатиши мумкин.
  •  Skype компанияси 2 ишбилармон,  Никлас Зеннстрём  ва Янус Фриисом томонидан очилган.
  •  Дастурий таъминот яратувчиси Ахти Хеинла, Приит Касесалу ва Яан Таллинн лар ҳисобланишади.
  •  Skype сайти ва дастури 2003 йил оммага тақдим этилган.
  •  2005 йил skype корхонаси Ebay томонидан сотиб олинди. Ebay бу корхонани 2.6 млрд. долларга сотиб олди(кейинчалик яна 500 млн доллар берилган).
  •  Ўша пайтларда(2005 йил) skype корхонасининг йиллик пул маблағи айланмаси 100 млн доллардан кам эди.
  •  2009 йил ebay skype корхонасини, 2010 йил 1 чорагида биржага, сотишга қўйишини эълон қилди ва акциянинг катта қисмини сотиб юборди.
  •  2011 йил Microsoft корпорациси skype ни 8.5 млрд долларга сотиб олди.
  •  Skype нинг штаб-квартираси Люксембургда жойлашган. Унинг филиаллари эса Лондон, Прага ва Таллинда жойлашган.
  • Skype актив фойдаланувчилари сони 800 миллиндан(2012 йил) ошиб кетти.
  •  Дастлаб бу корхона Skyper деб юритилган, яъни инглиз тилидан sky(осмон), peer-to-peer(компютердан компютерга), кейинчалик “r” тушиб қолган.
  •  Skype дастурчиларининг кўп қисми(44%) эстония худудида истиқомат қилишади.
  •  Ҳозирги кунларда дастурда бир вақтнинг ўзида ишлаётган фойдаланувчилар сони 20 миллиондан ортиб кетди.
  •  Бу дастур фойдаланувчилари кўплиги бўйича фақатгина facebook, google ва Amazonдан ортда қолмоқда.
  •  Skype орқали амалга оширилаётган 25% қўнғироқлар видеоқўнғироқ тарзида амалга оширилмоқда.
  •  Бу дастур 28 хил тилга таржима қилинган.
  •  Дастурдан фойдаланувчиларнинг 30% бизнесни амалга ошириш мақсадида дастурни ишлатишмоқда.
  •  Skype дастури ишлатадиган протокол ёпиқ ҳисобланади.
  •  16 август 2007 йилда дастурда катта бузилиш бўлган ва шу куни бутун дунёда бу дастур ишламаган.
  • Skype нинг пуллик ҳизматлари: SkypeOut (телефонга қўнғироқни амалга ошириш), SkypeIn (online номер), Skype Voicemail (овозли хат), Номер Skype To Go ва SMS жўнатиш.
Manba:AKMX.UZ

Антивирус Касперский яратувчиси - Евгений Касперский

  • Евгений Валентинович Касперский 1965 йил 4 октябрда Новороссийск шаҳрида туғилган.
  • 1982 йил МГУ қошидаги А.Н.Колмогорова номли физика-математикага йўналтирилган мактаб-интернатини битирган.
  •  1987 йил Евгений криптография, алоқа ва информатика университетини тамомлаган.
  •  1991 йилгача Мудофаа вазирлигига қарашли кўп профилли илмий-тадқиқот институтида ишлади.
  •  1989 йили Евгений ўз компютерида “Cascade” номли дастлабки вирусни аниқлайди ва унга қарши кичик дастурча(вирусни тузатувчи модул) тузади.
  • 1991 йилдан у “Ками” номли компанияда фаолиятини давом эттиради. Бу компания "Antiviral Toolkit Pro" ("AVP") номли антивирус лойиҳасини яратиш билан шуғулланар эди. Бу лойиҳа Антивирус Касперский нинг прототипи (нусхаси) эди.
  •  1997 йил Евгений Касперский ва унинг бир неча ҳамкасблари алоҳида бўлиб чиқишади ва Евгений бошчилигида “Лаборатория Касперский” компаниясини очишади.
  • 2007 йилдан,  Евгений Касперский бу фирманинг бош директори лавозимини эгаллайди.
  •  2007 йил Касперский тармоқ(сеть) номли филмида рус хакери ролини ижро этади.
  • 2009 йил россия президенти Дмитрий Медведев “Лаборатория Касперский” компаниясида йиғилиш ташкил қилади ва у ерда Евгений ўз доклади билан иштрок этади. Шундан сўнг  президент компания бўйлаб экскурсия уюштиради. Сервер хоналарни, вирус лабараторияларни, антивирусларни тестловчи хоналарни кўздан кечиради ва бу соҳа жуда қизиқлигини таъкидлаб ўтади.
  • 2009 йил 4 июнда илм ва технология соҳасида Россия Федерацияси давлат премиясини қўлга киритади. Мукофот пули 5 млн рубл эди. У мукофот пулини ҳаммасини ўзи таҳсил олган А.Н.Колмогорова номидаги физика-математика мактаб-интернатига ўтказади.
  • Касперский – Компютер вируслари соҳасининг энг буюк экспертларини ўзида жамлаган компютер вируслари  тадқиқотчилари ташкилоти(САRO) нинг аъзоси.
  • Евгений Россия феадерацияси жамоатчилик палатасининг аъзоси.
  • Евгений 2010 йил август ойидан ”Сколково” инновацион марказининг илмий маслаҳаткенгаши таркибига кирди
  • Евгений Касперский 2010 йил SC Magazine Europe журнали томонидан “Йил бошлиғи” номига эга бўлди.
  • 2011 йили Fobes журнали Касперскийнинг бойлигини 800 млн доллар деб баҳолади. Бу энг бой россия бизнесменларининг 200 талигидаги 125 ўриндир. 2012 йил учун 139 ўрин.
  •  Евгений иккинчи маротаба уйланган бўлиб, биринчи хотинидан 2 ўғил фарзанди(Максим, Иван) бор. Биринчи хотини “Лаборатория Касперский” компаниясининг асосчиларидан бири ва директор маслаҳатчиси лавозимида ишлаган.
  • Евгений Касперский шарофати билан ҳозирда Голландия ва Бразилия қамоқхоналарида кибер жиноятчилар ётишибди. Булар тўғрисида Касперский ғурур билан гапиради.
  • Касперскийга интернет-паспорт ғояси таалуқлидир, яъни сиз интернетда ўтирасиз, агар бирор хавфли ҳаракат қилсангиз, ўз ҳаракатингизга жавоб берасиз.
  • Унинг хоббиси байдаркада сузиш ва ўзининг ишидир. У “менинг ишим менинг хоббийимдир, менинг хоббийим менинг ишимдир” дейди.

  • 2011 йил 19 апрелда Евгений Касперскийни Иван(20 ёшда эди) номли ўғлини Infowatch(онаси шу фирма директори эди) фирмаси ёнида ўғирлаб кетишади. Иван бу фирмада программист бўлиб ишлар эди. Жиноятчилар бу бола эвазига 3 млн евро сўрашади.  2011 йил 24 апрелда Иван Касперский жиноятчилардан озод қилинади.
 Manba:AKMX.UZ

Facebook яратувчиси ва миллиардер Марк Цукерберг

  • Facebook номли ижтимоий тармоқ яратувчиси Марк Цукерберг 1984 йил 14 майда АҚШ нинг Нью-Йорк  штатида туғилган.
  • Гарвард университети талабаси Цукерберг, дастлаб Facebook ижтимоий тармоғини университет ётоқхонаси (ўз хонаси)дан оммага тақдим этган.
  • Маркнинг ота онаси доктор, яъни отаси шифокор, онаси психологдир. Уларнинг оиласида Маркдан бошқа яъна 3 та қиз фарзанд бор.
  • GQ номли эркаклар журнали, Цукербергни Кремниев ўлкасининг (Пало-Альто шаҳри) энг дидсиз кийинадиган инсони деб тан олган.
  • 2011 йил январ ойида Марк Цукербергнинг Facebook даги саҳифаси, нотаниш хакер томонидан бузилади.
  •  Facebook яратилгандан сўнг, Марк ҳаттоки Гарвард университетини ташлаб кетади.
  •  Марк ўз турмуш ўртоғини Гарвардда ўқиш мобайнида 2004 йил учратади. Унинг исми Присцилла Чан дир.
  • Facebook филмидаги Марк Цукерберг ролини Нью-Йорклик Джесси Айзенберг ўйнайди. У Маркдан 1 ёшга каттадир, лекин ташқи кўриниши жуда ўҳшашдир.
  • Ёшлигида Марк ўзининг шахсий компютери бўлишини орзу қилар эди.10 ёшга тўлганида ота-онаси унга 486-й Quantex DX номли компютер совға қилишади.
  • Microsoft фирмаси, Марк коллежда ўқиб юрганида, унга қизиқиш билдиришади ва ўз ҳодими сифатида кўришини исташади. Бундай қизиқишнинг сабаби Маркнинг Synapse номли ишлаб чиқган дастури эди. Бу дастур хит мусиқаларни автомат тартиблаш вазифасини бажарар эди.
  • Коллежни тамомлагандан сўнг Маркни бир йўла иккита катта фирма(Microsoft, AOL) ишга таклиф этади, лекин Марк Гарвард университетини психология факултетида щыишни давом эттиришни танлайди(Эҳҳҳ ман Microsoft га ишга кирволардим).
  •  2010 йил Time журнали Маркни йил инсони деб атайди.
  • Марк шу йилнинг 19-май куни 28 ёшида ўз севгилиси Присцилла Чан га уйланади. Чан ҳам Гарвард университетида ўқиган, фақат биология факултетида. У хитойлик бўлишига қарамай инглиз ва француз тилларини билади. Марк у билан университетдаги бир тадбирда танишиб қолишади.
  • Марк туғма далтоникдир(ранг ажратиш қобилияти сустроқ). Шунинг учун Facebook нинг асосий ранги кўкдир. Чунки қизил ва яшил у учун унчалик фарқли ранг эмасдир.
  •  Марк Америкалик рок гуруҳ Green Day нинг фанати ҳисобланади.
  • Маркнинг характери ҳам ўзига яраша экан. Microsoft фирмасининг ҳодимлари у билан эрталабки соат 8 да учрашув белгилашади, лекин у рад жавобини беради.Чунки у одатда бу пайтда ухлар эмиш, ундан ташқари ёш миллиардерга Yahoo фирмаси бошлиқлари якшанба кунига учрашув белгилашади, лекин Марк якшанбада режалаштириб қўйган шахсий ишлари борлигини айтади, хуллас катта хажмдаги контрактлар имзоланиши керак учраувларни ҳам вақти тўғри келмаганлиги учун қабул қилмас экан.
  • Цукерберг Facebook нинг 24% қисмига эгалик қилади, унинг маблағи 4 млрд долларни ташкил қилар экан.(2010 йил боши Forbes журнали маълумоти).
  • 2010 йил сентябр ойида Forbes журнали энг бой америкаликар рўйхатини эълон қилади ва бунда Марк 7 млрд доллар билан 29 ўринни эгаллайди.
  • 2011 йил Марк, Forbes нинг статистикасига кўра 17,5 млрд доллар билан 14 ўринга кўтарилди. Дунё бўйича 40 чи ўринларни банд этган.
Manba:AKMX.UZ

Билл "cаргузаштлари"

  • Оддийгина Билл Гейтс(ингл. Bill Gates)  сифатида танилган Уильям Генри Гейтс III (ингл. William Henry Gates III; 28 октябр 1955 йил, Сиэтл)-америкалик ишбилармон бўлиб, Microsoft компаниясининг  йирик акционери ва асосчиларидан бири(Пол Аллен билан ҳамкорликда).
  • Гейтсни биринчи асос солган компания номи – Traf-O-Data эди.
  • Унга омад олиб келган фирма номи дастлаб Micro Soft(пробел билан) шаклида ёзилар эди.
  • 13 ёшида Билл Гейтс дўстлари билан мактаб компютерини бузишга эришишган ва маҳфий маълумотларни кўришга муяссар бўлишган. Бу кичик хакерга жазо чоралари кўрилмаган, балки уни Сиетл компютер маркази ўз дастурларини текшириш учун ишга ёллаган.
  • Биллнинг ота-онаси ўғлини компютерга бўлган муносабатини ўзгартириш мақсадида, ҳаттоки ўғлини компютерга яқинлашишни тақиқлаб қўйишгача боришди, бу тақиқлов вақтинчалик ҳолат эди. Шу вазиятларда у тарихий шахслар ҳақидаги китобларни ўқир эди.
  • Мактаб пайтларида Гейтс ўз дўсти Пол Аллен билан компютер дастурларини яратишни бошлашган эди. Ўша пайтда у Напалеон таржимаи ҳоли асосида “РИСК” номли ўйин яратади.
  • Биринчи дастурини Билл мактаб пайтида яратган бўлиб, бу дастур эффектив дарс жараёнини режалаштиришни амалга оширар эди.
  • Биринчи энг катта гонарар(хизмат ҳақи)ини Билл 15 ёшида олишга эришади. Шу ёшда у кўча ҳаракатини бошқарувчи дастур ёратишга эришади. Хизмат хақи 20 минг долларни ташкил этар эди.
  • 1968 йил  Лэйксайд номли коллежга биринчи компютер ўрнатилади, Билл ўша коллежда кун ва тунни ўтказиб, ўқиш рейтинги тушиб кетишига сабаб бўлади.
  • Гейтс, Пол Аллен ва Лейксайд коллежидаги дўстлари биргаликда рухсат этилмаган дастурлар тузишиб, компютер ишлашини издан чиқаришар эди.
  •  Гарварддаги ўқиш уни зериктирар эди ва у асосан дастурлаш ёки покер ўйнаш билан вақтини ўтказар эди.
  • Гейтс университетда дарсларни ўзлаштиролмаганлиги сабабли 1974 йил кассаллик варақаси очтиради ва кейинчалик Гарвард университетидан четлатилади, шунга қарамасдан Билл, кейинчалик бу университетни тамомлашга эришади. Тўғрироғи университет администрацияси унга дипломни ҳадя қилади.
  • Гарварт университети профессорларига Билл 30 ёшида миллионер бўлишини айтар эди, қарангки у 31 ёшида миллиардер бўлишга эришди.
  • 1990 йил охирларида 90% га яқин шахсий компютерлар Microsoft фирмасининг дастурлари билан ишлар эди.
  •  38 ёшида Гейтс, ойига миллионга яқин Windows  нусхалари сотишга эришади.
  • 1994 йил Билл Гейтс Мелинде Френч номли аёлга уйланади ва тўйни ўтказиш учун Гавая оролларидан бирини арендага олади. Ҳозирда унинг 3 фарзанди(Дженнифер Катарин Гейтс (Jennifer Katharine Gates) (26 апреля 1996 й.), Рори Джон Гейтс (Rory John Gates) (23 мая 1999 й.) ва Фиби Адель Гейтс (Phoebe Adele Gates) (14 сентября 2002 й.)) бор.
  • Билл умумий ҳисоблаганда 30 миллиардга яқин пулларини ҳайрия ишларига сарфлаган.
  • Ҳар секундда бизнинг қаҳрамон 250$ маблағ топади, бу дегани кунига 21,6 миллион ва йилига  7,8$ миллиард.
  • Агар Windows фойдаланувчилари, операцион тизимнинг ҳар бир қотиб қолиши(хато ойнаси) учун 1 доллардан олишса, Гейтс 3 йил ичида ҳонавайрон бўлар эди.
  • Дунё ўргимчак тўриси(www) ривожланётган пайтда Билл шундай деган эди:”Интернет – бу келажаги йўқ ғоядир”. Шунга қарамасдан у бир неча йилдан сўнг ўзининг энг яхши дастурчиларини шу йўналиш ривожи учун хизмат қилишини сўраган эди.
  • 1997 йил Гейтс Чикаголик Адам Квинн Плетчер (Adam Quinn Pletcher) томонидан амалга оширилган фирибгарликнинг қурбони бўлган. Гейтс суд залида гувоҳлик берган ва Плетчер айбдор деб топилиб, 1998 йил июл ойида унга 6 йиллик қамоқ жазоси берилган.
  •  2008 йил июн ойига қадар Билл Microsoft нинг бошлиғи бўлган, лавозимидан кетгандан сўнг(бу ҳақда у 2006 йил маълумот берган) компания директорлар уюшмасининг ижрочи бўлмаган раиси лавозимида қолган. Шунингдек Билл ҳайрия фондининг раиси ҳисобланади.
  •  Ҳар йили Гейтс 1 миллион долларга яқин мулк солиғи тўлайди.
  •  Биллнинг катта бобоси қонуншунос ва хоким(мэр), бобси штатдаги давлат банки вица президедти, отаси эса адвокат эди
  • Билл тўғрисида жуда кўплаб китоблар ёзилган, агар сиз amazon.com сайти орқали gates сўзини калит сўз сифатида терсангиз 130 мингдан ортиқ асар топишингиз мумкин.
  • Билл “Келажакка йўл” номли китоб ёзганини кўпчилик билмаса керак. У, бу китобда ахборот технологиялари ривожланиш даврида, жамиятнииг қарашлари га ўз муносабатини билдиради. Китоб нашрдан чиққандан сўнг 7 ҳафта давомида  дунёнинг асосий бестселлер (энг кўп сотиладиган) асарлари рўйхатининг 1 ўринидан тушмаган.
Manba:AKMX.UZ

Стив Джобс ҳақида

Steve-Jobs-datesApple фирмасини асосчилари бу – Стив Джобс, Стив Возняк ва фирманинг 10% қисмига(доля) эга бўлган Рональд Уэйн, лекин Рональд ўз қисмини Стив га сотиб юборган.
  • 1976 йил Стив Джобс ва унинг мактабдаги дўсти Стив Возняк Apple фирмасига асос солишади ва бу фирманинг вазифаси,  шахсий конструкция асосида яратилган компютерларни ишлаб чиқиб сотишдан иборат эди. Ишлаб чиқарувчи сифатида асосан Возняк шуғулланар эди. Стив эса маркетолог сифатида иш юритар эди.
  • Стив Джобс вегетерян эди(гўшт маҳсулотини емайдиган инсон).  Балки фирма номига ҳам бу сифат таъсир қилгандир.
  • Apple фирмасига 1- апрел “ҳазилкашлар” кунида асос солинган.
  • Стив Джобс дин томонидан буддист эди.
  • Apple нинг биринчи логотипи сифатида “Исаак Ньютон” танлаб олинган.
  • Дунё бўйича apple фирмасининг ҳодимлар сони – 35000 та.
  • Apple фирмаси биринчи бўлиб сичқонча ва трекпад(notebook ларнинг сичқончаси) ни яратган.
  • Apple нинг дастлабки лозунги(шиор) – “Олма ичидаги байт” эди.
  • Apple.com сайти дунё бўйича сайтлар рейтингининг топ 50 талигига киради.
  • Биринчи Apple iPhone ишлаб чиқилганда, Стив Джобс барча ҳодимларга бу аппаратни текинга берган.

  • Дастлабки компьютерлар ичидан, биринчи Apple компютери узоқ вақт ишлатилган(тахминин сотувда 11 йил турган).
  • Статистиканинг берган маълумотига кўра 1 йил мобайнида фойдаланувчи 50 соат вақтини компютерни хатоликларини тузатиш учун сарфлар экан. MAC операцион тизимида бу кўрсаткич 5 соатни ташкил қилар экан.
  • Macintosh да дастлабки кўрсатилган сурат – Disney қаҳрамони Скрудж Макдак(ўрдак) эди.
  • Apple фирмасининг биринчи дўкони(магазини) Вирджина ва калифорния штатларида очилган.
  • Apple Lisa компютерига Стив Джобс қизининг исмини берган.
  • Macintosh сўзи олманинг бир тури эканлигини кўпчилик билмаса керак. Бу номни Apple  фирмаси ҳодими  Джеф Раскин берган.
  • Биринчи рангли, рақамли фотосурат АҚШ давлатида 1994 йил Apple фирмаси томонидан олинган. Бу сурат Apple AuickTake 100 аппаратида олинган. MAC операцион тизимига бу аппарат кетма-кет порт орқали уланар эди.
  • Mac OS X Lion операцион тизими стандарт расми(обое) сифатида астрофотограф Роберта Гендлера олган Андромеды M31 галлактикаси қайд этилган. Apple фирмаси дизайнерлари бу расмни қайта ишлаб, ўз услубларига мослаштиришган.
  • Apple фирмаси дастлаб iPad устида ишлашни бошлашган, лекин тақдир тақазоси билан дастлаб оммага iPhone тақдим этилган. iPad эса 3 йилдан сўнг сотувга чиқган.
  • Фирманинг асосчиларидан бири Стивен Возняк 1987 йилдан бери бу фирмада ишламайди, лекин ўша ерда ҳисобда туради, ҳаттоки унга ойлик ҳам чиқади.
  • 1977 йил Apple II компютери чиқганда, Стив 25 ёшда эди ва у ўз тенгқурлари орасида энг ёш миллионер эди.
  • 90% Apple фирмаси ишчилари Стив Джобс билан кўришишмаган.
MAnba:AKMX.UZ

Odnoklassniki.ru ижтимоий тармоғи ҳақида фактлар

Ижтимоий тармоқлар ҳақида гаплашишни давом эттирамиз. Ижтимоий тармоқлар бугунги кунимизнинг энг асосий вақт ўтказувчи омил ҳисобланади. Айниқса ёшлар ижтимоий тармоқлар касалига учрашган. Бизнинг диёримизда энг асосий ижтимоий тармоқ сифатида “однокласники” биринчи ўринда туради.
Кетма-кетликни оладиган бўлсак, дастлаб mail agent чиқди, сўнгра секин асталик билан facebоok, twitter, odnoklasniki ижтимоий тармоқлари кенг оммалашди(бизда). Бу мақоламда odnoklasniki ижтимоий тармоғи ҳақида ёзмоқчиман. Демак бугунги касаллик odnoklasniki.
  • Odnoklasniki ижтимоий тармоғи синфдошларни, лицей(коллеж) курсдошларни, институт(университет) курсдошларни, қариндошларни, ҳамкасбларни хуллас яқин дўстларни топиб, улар билан гаплашишга имкон берувчи кўптиллик тармоқдир
  • Бу ижтимоий тармоқ 2006 йил 4 мартта ишга тушган.
  • Унинг тузувчиси россиялик вебдастурчи Алберт Попков ҳисобланади. У лондонда истиқомат қилади.
  •  Сайт фойдаланувчиларнинг асосий ёши 14-55 ёшни ташкил қилади.
  •  Дастлаб бу сайтдан рўйхатдан ўтиш пуллик бўлган, сўнг 2010 йил бу хизмат бепул деб эълон  қилинган.
  •  2010 йил i-Jet корхонаси бу ижтимоий тармоқда дастлабки ўйинларни бета версиясини синовдан ўтказган.
  •  2011 йилдан бошлаб фойдаланувчиларни группаларга бўлиш бошланган.
  •  2011 йилда мусиқа блоги ишга тушди ва шу йили сайтнинг юқори қимидаги бошқа проектларга ўтиш(Mail.ru Group корхонаси хизматлари) блоги ишлаб чиқилди.
  •  Ҳозирги кунда кунлик фойдаланувчилар сони 40 миллионга етди.
  •  2013 йилда сайтда носозликлар пайдо бўлди. 4 апрел куни сайт умуман ишламади, 5 апрел куни сайт ишлади, лекин кўп хизматлар ишламади ва ниҳоят 7 апрел куни сайт тўлиқ ишга тушди.
  •  2013 йил июн ойида сайт тожик тилига ўгирилди ва бу тил СНГ давлатлари тилларига ўгирилишнинг охиргиси бўлди.
  •  2013 йил июлда ниҳоят сайт инглиз тилига ўгирилди. Сайт жаҳондаги топ ижтимоий тармоқлар 10 талигига кирди.
  •  Ҳозирда умумий фойдаланувчилар сони 200 миллиндан ошди.
  •  2007 йил бу проектни ривожлантириш учун маблағ керак бўлади ва алберт 30% акциясини Digital Sky Technology корхонасига сотади(ҳозирги Mail.Ru Group).
  •  Кейинчалик DST корхонаси 2010 йил тўлиқ акцияни Албертдан сотиб олади.
  •  Бу ижтимоий тамоқ реклама, ўйин ва виртуал совғалардан молиялашади.
  • Odnoklasniki.ru доменини Алберт 2002 йил шунчаки сотиб олади ва фақатгина 2006 йилда бу доменни ишлатишни бошлайди.
  •  2009 йил бу ижтимоий тармоқ зарарга ишлаган.
MANBA:AKMX.UZ