пятница, 9 мая 2014 г.

YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI


Dardu hasrat yer ekan ko`ngil to`rini, 
Ko`z yoshin yuvmaydi zamin sho`rini. 
Ba`zan murda ham topolmay qolar ekan go`rini, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



So`zing ham o`tmay qolar ekan goh, 
Qochishadi oshna og`ayni seni ko`rgan choh. 
Qani ishongan bog` suyangan tog` ,? 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



Tashvishlar o`raydi to`rt tomoningdan, 
Tosh chiqaveradi yegan nonningdan. 
O`zinikilar ham ba`zan o`tkazib yuborardi joningdan, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



Omad yo`q atalaga ham o`tmaydi tishing, 
Yo`qlab kelmas ekan bir yaqin kishing. 
Nomard-u pastkashlarga tushadi ishing, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!


Xudo o`zi bilar kim qachon ketar, 
Bir kam bu dunyo ko`ngling hun etar. 
Husningdan ayirar kuning tune tar, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!



Orzu bog`ing darddan beradi hosil, 
O`ylayverib ohiri o`zing ham bo`lasanku sil. 
Osilsang ham saaal pastroq dorga osil. 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! 

Yigit yiqilsa nopok hotin to`ra, 
Ko`rmaganni ko`rgani qurub ketsin jo`ra. 
So`rasang ham bandadan emas hudodan so`ra. 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!


                                                Man man degan yigitlar sinadi hayot zo`ridan, 
Singangga kim ham joy beradi davra to`ridan. 
Kim bo`shatib beradi issiq o`rnini, 
YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!

Комментариев нет:

Отправить комментарий