Mana ikki yildirki O`zbekistonda "WhatsApp" ilovasi juda ham mashxur bo`lib kelmoqda. Bu ilova asosan telefonlar uchun chiqarilgan, lekin dunyoning eng *mashxur "Ucell" va "Beeline" kompaniyalari O`zbekistonga kelganda ishlamay qolyapti. Yoningizdagi odamga qo`ng`iroq qilsangiz ham bir chiroyli ovoz sohibasi "doiradan tashqarida" deyapti. Internet haqidayu gapirmasa ham bo`laveradi, bular oldida tilim ojiz......
Shuning uchun ham ko`pchilik WhatsAppga kompyuter orqali kirishni ma`qul ko`ryapti. Ko`pchilik Kompyuterga "WhatsApp"ni o`rnatish haqida eshitgan, ammo qanday qilib o`rnatishni esa ko`pchilik bilmaydi.
Bugun shu haqida biroz to`xtalmoqchiman.
Buning uchun eng avvalo "BLUESTACKS" programmasi kerak bo`ladi. Bu programmani bu saytdan olish mumkin. "Agar kompyuteringizda "WhatsApp" ilovasi Android uchun versiyasi bo`lmasa ham shu saytdan olish mumkin".
"BlueStacks"ni yuklab olganingizdan keyin, uni kompyuteringizga o`rnating.
O`rnatganingizdan keyin ekraningizda mana bundan holat paydo bo`ladi va biroz vaqt programma o`zining qo`shimchalarini yuklaydi.
Shundan keyin siz kompyuteringizga yuklab olgan "WhatsApp" programmangizni o`rnatasiz.
Bu holat yakunlangandan keyin ekranda mana bu holat aks etadi
Shundan keyin siz kompyuteringizga yuklab olgan "WhatsApp" programmangizni o`rnatasiz.
Va "BlueStacks" programmalari orasida sizning "WhatsApp" Ilovangiz ham paydo bo`ladi.
Endi siz "WhatsApp"ga kirib ro`yxatdan o`tib bemalol o`z do`stlaringiz bilan suhbatlashingiz mumkin.
P.S. Agar telefoningizdagi "WhatsApp"dagi raqamimgizni, kompyuterdagi "WhatsApp"ga ham yozsangiz telefoningizdagi "WhatsApp" ishlamay qoladi. Shuning uchun yo telefondagi yo kompyuterdagi "WhatsApp"ni ishlating, yoki bo`lmasa har biriga alohida raqam ishlating!
Комментариев нет:
Отправить комментарий