суббота, 28 марта 2015 г.

Yashash og'ir - a?!

Yashash og'ir - a?!

 "Hayot" deb atalgan ulug' bir ne'matni mazmunli, chiroyli yashab o'tqizish o'zimizni qo'limizda. Olloh kimgadir to'kin - sochin hayotni, kimgadir kambag'al hayotni taqdim etib, o'z bandasini sinab ko'radi. Ayrimlar shu oz ne'matlarni ham ko'p ko'rib, boriga shukur qilib yashaydi. Ayrim odamlar esa, yegani oldinda, yemagani ketida bo'lsa ham, noshukurlik qilaveradi. 

 Yo'q paytida esa oziga ham qanoat qilgan inson, bor bo'lganida ko'piga ham qanoat qilmay qo'yadi, yana ham ko'pini xohlayveradi.

 Uyimizdagilar osh qilishsa, oshda go'sht biroz kamroq bo'lsa bir zumda, "nega oshda go'sht kam" deb do'q urib qo'yamiz. Shu payt ayrimlarning uyida umuman go'sht yo'qligi va hattoki anchadan beri qora qozon qaynamaganini bir zum ham o'ylamaymiz. 
 Shu payt o'zimizga - o'zimiz "Yashash og'ir - a?!" deb qo'yamiz.

 Shkafimizda kiyim ilishga joy bo'lmasa ham,  har hafta butikdan, eng oxirgi modadagi kiyimlarni olib chiqsak ham, "Yashash og'ir - a?!" deymiz. 

Yoki har yili mashina almashtiramiz, va eng oxirgi chiqqaniga almshtiramizda lekin yana "Yashash og'ir - a?!" deymiz. Shu mashinada yurganimizda yon - atrofimizga bir nazar boqsak, qanchadan qancha piyoda yurganlarni yoki avtobusda yurganlarni ko'rishimiz mumkinu, lekin baribir noliyveramiz. 

Xo'sh bizga o'zi nima kam, nima yetarli emas? Qachon odamzot to'yadi? Qachon shukur qilib yashaydi? Bu kabi savollar juda bisyor lekin javob topish mushkul.

 Agar biror narsaga biror - bir qiyinchiliksiz erishaversangiz, hamma narsa o'zi kelib tursa, bunaqa yashashdan qanday zavq olish mumkin, axir hayot turli xil qiyinchiliklari bilan go'zalku!

 Inson butun umr hamma narsaga erishadida, oxirida esa "baribir bir narsa armon bo'lib qoldi" deb qo'yadi. Umrida hamma narsaga erishib, birgina armoniga erisholmasa ham "Yashash og'ir - a?!" deb noliydi.

 Nega endi shu narsalarimiz kimdadir borligini vaqtida tushunib yetmaymiz: oddiy bir matiz haydovchisi, yo'l chetida piyoda ketayotgan odamlar ham borligini, 1 qavatli uyda yashayotganlar, uysiz, ko'chada tunab yurganlarni his qilsa, bohonka non yeydiganlar, noni yo'qligidan qotgan non yeydiganlar ham qanchadan - qanchaligini bilib, shukur qilib yashashsa qaniydi!

 Negadir insonlar doim bir - birlaridan ustun bo'lishni xohlashadi, har jaxvada oldinga o'tib ketib, yonidagilar unga havas bilan qarashni xohlashadi. Shu payt bir narsa esdan chiqadi "Hammaga birdek yoqib bo'lmaydi". Havas qiladiganlar bo'lishi mumkin, lekin hasad qiladiganlar ham topilishi aniq. 

 Agar ikkita qo'shni damg'illama uy qurishda musibaqallashsa, bir tarafni uyi biroz boshqasinikiga yetolmasa, yana nolib "Uyim yaxshi chiqmadi, qo'shnimnikichalik chiroyli bo'lmadi" deydi, lekin boshqa tarafida devorlari zo'rg'a turgan uyda yashayotgan qo'shinisini ng uyiga hech nazar tashlab qo'ymaydilar. 

 
P.S.  "Yashash og'ir - a?!" degan iborani butunlay unutib, "Yashash ?! - Xudoga shukur hammasi yaxshi" iborasiga o'zgartirsak qanday bo'lar ekana?

Комментариев нет:

Отправить комментарий