вторник, 7 января 2014 г.

Boy va Kambag`al

   Nega aynan mavzu Boy va Kambag`al deb o`ylayotgandirsiz, aslida bu mavzuni bir necha oy avval yozmoqchi edim, lekin hafsala qilmaganim uchun bu amalga oshmagan edi. Yaqinda bloggerlar o`rtasida chempionat bo`lishini eshitganimdan so`ng bu mavzuni yakunlamoqchi bo`ldim. Agar bu post kimnidir ko`nglini og`ritsa yo kimgadir tegib ketsa oldindan uzur so`rayman!!!

  Boy ham kambag`al ham inson. Ularni ham ona dunyoga keltiradi. Lekin kambag`alni aybi, kambag`al bo`lib tug`ilgani emasku, to`g`rimi?
   Buni limdirlar omadga yoyadi, kimdirlar esa yillar davomidagi olingan bilim mevasi deyishadi, lekin aslida esa bu OLLOHNING SINOVIDIR!!!

   Bu juda og`ir sinov hatto boy uchun ham. Chunki oldin kambag`al bo`lib keyinchalik omadi kelib boy bo`lib ketsa, o`zini topar-tutarini bilmay qoladi. oldin kim ekanligini unitib qo`yadi, bu ham bir sinovdir.
   Kambag`al uchun esa juda ham og`ir sinov!

   O`zbeklar doim farzandim deb o`lib-kuyadi, butun umrini farzandim baxtli bo`lsin, men ko`rmagan narsalarimni farzandlarim ko`rsin deydi. O`zi esa bu hayotda kulib-yayrab yashay olmaydi. Farzandini bu baxtga erishtirish boy uchun hech narsa emas, bir og`iz gap yetarlidir.
   Kambag`al esa erta saxardan, to qosh qorayguncha ishlaydi, mehnat qiladi. Kambag`al uchun qanday kiyinishni, qayerda o`qishni, qayerda o`qishu, qanday ovqat yeyishni farqi yo`q. Ular faqat hayot uchun kurashadilar xolos.
   Boy esa dunyodagi eng eng yaxshilarini kiyadilar. yeb-ichadilar! Ular uchun pulni qadri yo`q.

  Masalan: bir hisob-kitob qilib ko`raylikchi. Boy faqat butiklardan kiyinadi (tan loish kerak, u yerda sifatli narsalar bo`ladi, shuning uchun ham qimmat). Boy bosh-oyoq kiyinib chiqishi uchun 1 200 000 so`m, nari boring 9 000 000 so`m sarflaydi. Aynan shu pulga kambag`al 1 yoki 2 mavsum kiyinadi ba`zida esa 3 mavsum.
   Boyni farzandlari kiyimlarini faqat bir mavsum kishadi, kambag`alni farzandlari esa akasinikini ukasi, ukasinikini esa undan kichik ukasi kiyadi, toki u kiyim ado bo`lmaganiga qadar. Kambag`al bulardan hech qachon or qilmaydi.

Yana bir gap, boy bilan kambag`alni oilasidagi eng katta farqni bilasizmi???
  Bilmasangiz mana men aytaman! Kambag`al boydan kambaga`lroq bo`lsa ham lekin undan ming chandon baxtliroq. Ular har kunini bayram qiladilar, farzandini har bir yutig`i ular uchun juda katta g`urur va quvonch beradi.

   To`g`ri agar yoshlikdan o`qib-izlansa boy bo`lishi mumkin, bunga shubxa qilmayman. Faqat boy bo`lganidan keyin inson o`zligini  va hech qachon o`chirib bo`lmaydigan tarix borligini ham unitish kerak emas!!!

   Kambag`al ham boy ham bir kun vafot etadi, hamma o`sh joy ollohning huzuriga boradi. Ikkisi ham savol-javobdan o`tadi. O`sh payt bu boy edi, bu kambag`al edi deb ajratmaydi, uning oldida hamma bir! Shunchaki bu dunyo o`tkinchi dunyo, pul qo`lni kiridir, iloji boricha odamlarga qo`lizdan kelganicha yaxshilik qiling!!!

Комментариев нет:

Отправить комментарий