воскресенье, 19 октября 2014 г.

G`urur nime edi u? (Birinchi qism)



B - Alo,Qalesan,Yaxshimisan, hozir kim bilan gaplashayapgan eding?
Q - Assalomu alaykum, O`rtog`im bilan gaplashayapgan edim.
B - Aldama, kim u? Raqamini ber , bo`l tez (Jaxl bilan)
Q - Voy nega ishonmaysiz Zilola edi, kursdoshim!
B - Sanga raqamini ber deyapman (Baqirib)
Q - (Yig`lamsirab, qandaydir raqamlarni berdi) mana
B - Hozir to`xtab tur!
B - Alo,yaxshimisiz , siz Zilolamisiz?
(Qizning dugonasi) - Ha,menman, biror ishiz bor edimi?
B - Hozirgina Muxlisa siz bilan gaplashdimi?, faqat rostini ayting!
(Qizning dugonasi) - ha rost, men bilan gaplashdi!
B - Ha, mayli rahmat, uzur bezovta qilgan bo`lsam.
B - Ha, bo`ldi ishondim, dugonang bilan gaplashgan ekansan. Boshqa unaqa qilma men qo`ng`iroq qilganimda kim bo`lishidan qat`iy nazar, xoh onang bo`lsin, xoh otang bo`lsin menga farqi yo`q, go`shakni ko`tar bo`ptimi?
Q - Hop bo`ladi (Yig`lab)
B - O`qishga borganingda va uyga kelganingda, menga keldim deb qo`ng`iroq qil chundingmi? (Jaxl bilan)
Q - Hop bo`ladi!

 Va aloqa uzildi.

 Bu bir sevishganlarni bir suhbati edi, xolos. Bir necha kundan keyin bu holat yana takrorlandi. Bola "Bor,tur yoqol, ko`zimga ko`rinma, manga yoqmayapsan" deb so`kib tashladi.

Qiz bo`lsa yana qo`ng`iroq qilib "Kechirim" so`rayapti .



Yana bir voqea:

 Qizning boshiga og`ir bir kulfat tushdi, yaqinidan ayrildi. Sevgan yigiti aynan o`sha kuni hech bir gap aytmasdan ketib qoldi. Undan bir necha kun ilgari esa haqorat qilgan,nafsoniyatiga tekkan. Ketkandan keyin na qo`ng`iroq qildi, na xat - xabar yozdi. Qiz bu holatdan shokka tushgan edi.
 Bir necha haftadan keyin "U qaytib kelgani bilan endi foydasi yo`q. Baribir, hammasi oldingidek bo`lmaydi,men uni ortiq sevolmayman,boshqa gaplashmayman ham" dedi.
 Yaqinda tel qilibdi, "Men qaytyapman" deb qo`ng`iroq qilibdi.

 Qiz o`zida yo`q xursand, "Yana sevgi tariximizni boshqattan boshlaymiz" dedi.

 Meni bu ikki xolatni hayron qoldirgan jixati, istagan insonni haqorat qilsa, nafsoniyatiga tegsa, ota - onasidan o`zini ulug` qo`ysa, qanday qilib, u bilan sevgi tarixini yaratsa bo`ladi?

 Nima, o`sha yigiti, o`z ota - onasidan ham azizroqmi? Yoki Yigiti uchun, "G`URUR" degan narsani unutsa bo`ladimi?

 Deyarli hammamizni ota - onalarimiz, o`qishga borib kelganimizda qo`ng`iroq qilishimizni "so`rashmaydi", aksincha "iltimos" qilishadi. Ming afsuslar bo`lsinki, ko`pchiligimiz bu ishni qilmaymiz, lekin Bola esa buni xohlayapti, har doim xabar berishini xohlayapti.
 Ota - onasiga xabar bergan, hammaning oldida izza qilib, haqorat qilgan odamga, yana qanday qilib qayta qo`ng`iroq qilib, yana o`zi kechirim so`ragani, g`ururi yo`l qo`yar ekana???

  Ko`chalarda, video va rasmlarda ayrim voqealar ko`rib, beixtiyor taajubga tushaman. Bola "kechirim" so`rashi uchun qizni tiz cho`ktiradi, va g`ururni esdan chiqargan qiz "kechirim" so`raydi.

 Naqadar jirkanch xolat?

Qanday qilib, banda bandani tiz cho`kishiga majbur qilsayu, u ham tiz cho`kaversa, yana nima ekanki "sevgi uchun" emish. Bunday sevishgandan ko`ra, bu dunyoda tanho o`tkan afzal! Dunyoga biroz real ko`z bilan boqish kerak, bu dunyoda hamma narsa o`tkinchi, hamma narsa qolib ketadi, hech narsa abadiy emas. Bugingi boylik, balkim ertaga bo`lmas, bugungi chiroy balkim ertaga bo`lmas, hech kim bularni bilmaydi.
 Eyy do`stlar ko`zni kattaroq ochaylik, o`tkinchi narsalarga, sevgi qo`ymaylik!!!


Birimchi qism tugadi, Tez orada ikkinchi qismni e`lon qilaman.


Комментариев нет:

Отправить комментарий