суббота, 28 марта 2015 г.

Yashash og'ir - a?!

Yashash og'ir - a?!

 "Hayot" deb atalgan ulug' bir ne'matni mazmunli, chiroyli yashab o'tqizish o'zimizni qo'limizda. Olloh kimgadir to'kin - sochin hayotni, kimgadir kambag'al hayotni taqdim etib, o'z bandasini sinab ko'radi. Ayrimlar shu oz ne'matlarni ham ko'p ko'rib, boriga shukur qilib yashaydi. Ayrim odamlar esa, yegani oldinda, yemagani ketida bo'lsa ham, noshukurlik qilaveradi. 

 Yo'q paytida esa oziga ham qanoat qilgan inson, bor bo'lganida ko'piga ham qanoat qilmay qo'yadi, yana ham ko'pini xohlayveradi.

 Uyimizdagilar osh qilishsa, oshda go'sht biroz kamroq bo'lsa bir zumda, "nega oshda go'sht kam" deb do'q urib qo'yamiz. Shu payt ayrimlarning uyida umuman go'sht yo'qligi va hattoki anchadan beri qora qozon qaynamaganini bir zum ham o'ylamaymiz. 
 Shu payt o'zimizga - o'zimiz "Yashash og'ir - a?!" deb qo'yamiz.

 Shkafimizda kiyim ilishga joy bo'lmasa ham,  har hafta butikdan, eng oxirgi modadagi kiyimlarni olib chiqsak ham, "Yashash og'ir - a?!" deymiz. 

Yoki har yili mashina almashtiramiz, va eng oxirgi chiqqaniga almshtiramizda lekin yana "Yashash og'ir - a?!" deymiz. Shu mashinada yurganimizda yon - atrofimizga bir nazar boqsak, qanchadan qancha piyoda yurganlarni yoki avtobusda yurganlarni ko'rishimiz mumkinu, lekin baribir noliyveramiz. 

Xo'sh bizga o'zi nima kam, nima yetarli emas? Qachon odamzot to'yadi? Qachon shukur qilib yashaydi? Bu kabi savollar juda bisyor lekin javob topish mushkul.

 Agar biror narsaga biror - bir qiyinchiliksiz erishaversangiz, hamma narsa o'zi kelib tursa, bunaqa yashashdan qanday zavq olish mumkin, axir hayot turli xil qiyinchiliklari bilan go'zalku!

 Inson butun umr hamma narsaga erishadida, oxirida esa "baribir bir narsa armon bo'lib qoldi" deb qo'yadi. Umrida hamma narsaga erishib, birgina armoniga erisholmasa ham "Yashash og'ir - a?!" deb noliydi.

 Nega endi shu narsalarimiz kimdadir borligini vaqtida tushunib yetmaymiz: oddiy bir matiz haydovchisi, yo'l chetida piyoda ketayotgan odamlar ham borligini, 1 qavatli uyda yashayotganlar, uysiz, ko'chada tunab yurganlarni his qilsa, bohonka non yeydiganlar, noni yo'qligidan qotgan non yeydiganlar ham qanchadan - qanchaligini bilib, shukur qilib yashashsa qaniydi!

 Negadir insonlar doim bir - birlaridan ustun bo'lishni xohlashadi, har jaxvada oldinga o'tib ketib, yonidagilar unga havas bilan qarashni xohlashadi. Shu payt bir narsa esdan chiqadi "Hammaga birdek yoqib bo'lmaydi". Havas qiladiganlar bo'lishi mumkin, lekin hasad qiladiganlar ham topilishi aniq. 

 Agar ikkita qo'shni damg'illama uy qurishda musibaqallashsa, bir tarafni uyi biroz boshqasinikiga yetolmasa, yana nolib "Uyim yaxshi chiqmadi, qo'shnimnikichalik chiroyli bo'lmadi" deydi, lekin boshqa tarafida devorlari zo'rg'a turgan uyda yashayotgan qo'shinisini ng uyiga hech nazar tashlab qo'ymaydilar. 

 
P.S.  "Yashash og'ir - a?!" degan iborani butunlay unutib, "Yashash ?! - Xudoga shukur hammasi yaxshi" iborasiga o'zgartirsak qanday bo'lar ekana?

воскресенье, 15 марта 2015 г.

Hamma ayb o`zimda ekan?!

 Mana 2 hafta bo`lyaptiki Ucellning interneti yaxshi ishlashdan darak yo`q. Boshida 3 - 4 kun kuttim, balkim texnik ishlar olib boriliyotgandir deb kuttim. Keyin qarasam yaxshilanish o`rniga, aksincha yomonlashib ketyapti, hattoki antenna ham shu qadar o`ynayaptiki, bu holatni faqat telefonni zaryadlayotganda ko`radigan holatdagidek bo`lib qoldi.

Bu holat faqat menda bo`lyaptimi ekan deb qolganlardan so`rab ko`rsam ularda ham shu holat ekan, keyin operatorga qo`ng`iroq qilishni boshladim:

 1 - kun: O`sha kuni kamida 30 martaga yaqin qo`ng`iroq qildim, hecham ulana olmadim va ishlarim bilan chalg`ib esdan chiqarib yubordim.

 2 - kun: Bu safar natija 40 tagacha yetdi va nihoyat operatorga ulandim va bo`layotgan voqaeni tushuntirdim, va operator : "Raqamingiz ayting, biz tekshirib ko`ramiz" dedi, men esa 94 lik deyishimni bilaman, operator bilan uzilib qoldik. Yana qayta qo`ng`iroq qila boshladim, anchadan keyin bog`landim va yana o`sha gaplar qaytarildi, bu safar esa raqamim tugil, telefon kodini ham aytishga ulgurmadim va uzilib qoldim. Jaxl ustida boshqa qilmadim.

3 - kun: Oradan 3 kun o`tib yana qo`ng`iroq qildim, operator bilan bog`landim, raqamimni aytim, "kutib turing tekshirib beramiz" dedi-yu qaytib javob bermadi, yana uzilib qoldim. Qayta - qayta qo`ng`iroq qildim, lekin o`sha kuni boshqa bog`lanolmadim.

4 - kun: Bu safar va nihoyat operator bilan eson - omon bog`landim va raqamimni tekshirib berdi, lekin operator bilan suhbat esda qoladigan bo`ldi:

 Men: Assalomu alaykum, aka meni internetim 1 haftadan beri ishlamayapti.
 Operator: Nega ishlamayapti? (Bu savol tog`ri berilganiligi haqida ancha o`yladim, lekin hech javobini topolmadim)
 Men: Bilmadim nega, hattoki tunda ham ishlamayapti!
 Operator: Raqamingizni va turar joyingizni ayting, balkim sizing raqamingizda yuklanish bo`lib qolgandir va tumaningizdagi antennalarimizni tekshirib beramiz (Raqamimni aytim, anchagina kutim), Biz tekshirdim antennalar joyida, ishlab turibdi. Hozir siz 10 daqiqaga telefoningizni o`chirib turasiz, biz perezagruzka beramiz, agar shunda ham internet ishlamasa, qayta qo`ng`iroq qilsangiz sizdan ariza olib qolamiz.

 Hop mayli deb telefoninmni o`chirdim, 10 daqiqadan keyin qayta yoqdim, o`zgarish yo`q. Yana operatorga qo`ng`iroq qildim:
 Men: Assalomu alaykum, men hozir qo`ng`iroq qildim, "internetim ishlamayapti" desam bir operator : "10 daqiqaga telefoningizni o`chirib turing va qayta yoqib internetni tekshiring, agar o`zgarish bo`lmasa, qayta qo`ng`iroq qilsangiz, biz sizdan ariza olamiz" dedi, ariza olasizmi?
 Operator: (Jaxl bilan) Nega ariza olar ekanman? Raqamingizni ayting, tekshirib beraman. (Raqamimni aytim tekshirdi) hammasi joyida ekan, hozir telefoningizni yana 10 daqiqaga o`chirib turasiz, perezagruzka beraman. Telefoningizda 3G bormi?
 Men: Yo`q, menda faqat 2G bor.
 Operator: Ana ayb o`zingizda ekanu, axir 2Gda internet ancha sekinku (uzoq sukunat) mayli sizdan ariza olib qo`yaqolay (va shu bilan izsiz yo`qoldi)

 Bu operator 2G tarmog`ida tezlikni bilar ekanmi? Hatto erta tongda 1 kb/s tezlik berolmasa buni 2G tarmog`i desa bo`ladimi? *2G tarmog`ida internet tezligi EDGE 236,8 kb/s, GPRS 85,6 kb/s

 Axir yaqindagina yaxshi ishlab turgan internet qanday qilib birdaniga telefonga bog`liq bo`lib qolsa? Yoki telefonimni issiq - sovuq qilib qo`yishganmi? Bilolmadim, o`sha kungi operatorlarni javoblari-yu - savollaridan hayratda qoldim. Oldin ham qo`ng`iroq qilganimda operatorlar faqatgina perezagruzka berardi, shu payt o`zimga - o`zim "Bu operatorlarni qo`lidan perezagruzka berishdan boshqa ish kelmas ekan" deb qo`ydim.

 O`sha kuni tunda ishda o`tirsam do`stim qo`ng`iroq qildi: "Qayerdasan, senga bir nasra olib ketyapman", men qayerdaligimni aytganimdan keyin, u keldi, qo`lida 2 ta UMS sim kartasi bilan keldi :-)
 O`sha payt shu qadar xursand bo`lib kettimki, quvonchimni ichimga zo`rg`a sig`dirib turdim. O`sha payt tezroq ish tugasayu, uyga borib sim kartani kesib, telefonimga qo`ysam degan o`y hech meni tinch qo`ymasdi.

 Uyga borib sim kartani qo`ydim, internetni ishlatib ko`rdim... Ta`rifga til ojiz, shunchaki uchyapti...

P.S. Ucell operatorlariga qon`g`iroq qilishdan bir tiyinlik foyda yo`q ekan!!!

суббота, 20 декабря 2014 г.

Ucell baribir Ucellde...


 Hammaga ma`lumki 1 - dekabrdan UMS kompaniyasi o`z ish faoliyatini boshladi. Bu kompaniyani ko`pchilik kutgani aniq, Chunki 2 yil davomida Ucell va Beeline kompaniyalari abanetlarni asab tolalarini tugatib bo`lgan edi.

 Aynan o`sha kuni Ucell o`zining 4G yangi avlod texnologiyasini ham ishga tushirdi. buni eshitganlar ko`pchiligi xursand bo`lishgandir balkim, lekin 4G internet paketlar narxini eshitib hamma jimib qoldi.

 Sir emaski UMS kelishi O`zbekiston mobil operatorlar o`rtasida biroz bo`lsa ham raqobatni kuchaytirishi kutilgan edi, lekin shaxsan men buni kutmagan edim. Sababi oddiy, UMS kompaniyasining 50,1% aksiyasi O`zbekistonga tegishli, qolgan 49,9% aksiyasi esa Rossiya. Bu degani O`zbekiston ustun, qonun - qoidani O`zbekiston, abanet to`lovi, internet to`lovi barcha - barchasini O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekomunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi belgilaydi.
 Masalan oddiy misol: Avvalari har bir kompaniya o`zaro raqobat olib borardilar, qaysidir bir kompaniyasi boshqasinikiga qaraganda arzonroq va qulay tariflar taqdim etardilar. Hozir bo`lsa barchasi STANDART.
Abanet to`lovi kuniga o`rtacha 6 sent, chiqish 6 sent va h.k.

Mayli narxlarni, raqobatni qo`yib turaylik, aslida men aloqa sifatini o`zgarishini, yaxshilashini kutgan edim, aslidachi chuchvarani hom sanab qo`ygan ekanman :-)

  1 kun o`tdi - ha o`zi kecha UMS ish boshladiku, biroz kutay yaxshilanib qolar.

 1 hafta o`tdi - internetda "Ucell yangi baza(Antenna)lar ishga tushiryapti" degan xabar chiqdi. Xursand bo`ldim, demak yaqin kunlarda aloqa sifati yaxshilanadi deb.

 2 hafta o`tdi - barchasi befoyda, hech qanday o`zgarish bo`lgani yo`q. Eski hammom, eski tos!

 3 hafta o`tdi - endi internet umuman ishlamay qoldi :-)


 Bir narsani yozda qattiq yomg`ir yog`gandan beri kuzataman. Balkim bunga ishonmasligingiz mumkin, balkim shunchaki tasodifldir barchasi. bunisi bilolmadi...
 Har yomg`ir yoki qor yog`ganidi yoki umuman havo ayniganida Ucell interneti deyarli umuman ishlamay qolyapti. Avval faqat menda deb o`yladim, keyin bilsam ko`pchilikda ekan...

 2 yil oldin aytsa arzir edi "MTSning ko`p abanetlari Ucellga o`tganidan keyin, Ucellning bazalariga og`irlik tushyapti deb". Oradan 2 yil o`tdi, har oyda yangi bazalar o`rnatdik deb internetda shov - shuv qilgan Ucell naxotki bu vaqt ichida arzigurlik biron - bir ish qilmadi?
 Yoki barchasi yolg`on xabar edimi?
 Yoki chindan ham abanetlar kundan - kunga oshib bormoqdami? Agar shunday bo`lsa bu abaenetni ko`tara olmas (Xizmat ko`rsata olmasa) nega yangi abanetlarni tarmoqqa ulayapti? Abanet soni bo`yicha ham, aloqa sifatsizligi bilan ham birdaniga rekord o`rnatmoqchimi? Agar shunday bo`lsa Ucell buni uddaladi!!!

 Ucell haqida gapirgandan ko`ra gapirmagan ma`qul. Eng yaxshisi uyga Wi Fi o`rnatib, telefon degan baloni yo`g`e, Ucell degan va`dabosni yo`qotsangiz, farovon hayot kechirasiz :-)