среда, 10 сентября 2014 г.

Aqlni beaqldan o`rgan...

Yozgi  ta`tilda bir muncha vaqt ishim yuzasidan musofirlikda bo`ldim. Bu vaqtda ish o`rganishdan ham ko`ra ko`proq, hayot saboqlarini chuqurroq o`rgandim.
 Oldingilar to`g`ri aytishgan ekan, "Aqlni beaqldan o`rgan"!

Bir uyda hasharda bo`ldim, ancha vaqt u yerda ishladim, uy egasini farzandi bittagina o`g`il ekan. O`g`il yoshligidan juda ham erka o`sgan, umuman ish qilgisi kelmaydi, qo`yib bersa kun bo`yi faqat uxlasa, yeb ishsa yoki do`stlari bilan birga bo`lsa.
 Hasharga borganlar ertalab tong sahardan ishlaydi, uyoq kishi esa ishni 10 yoki 11 da boshlaydilar!!! va yana har gapida "2ta mardikor olib kelaylik, birpasda bitirib tashlaydi"mush!!!
 Sendaka Toshkentlikdan o`rgildim. Oldin o`zing ishlashni o`rgan, pul topishni o`rgan keyin kimni olib kelging kelsa olib kelaverasan.
 Otasidan har kuni so`kish eshitgani eshitgan. Q`olidan biror ish kelmaydiku, lekin birovni xato - kamchiligini topishga, birovni ustidan kulishga kelsak birinchi raqamli.

 Buvim aytar edilar "Bolani hech qachon o`zini oldida maqtash kerak emas, va iloji boricha kamroq erkalash kerak. Esini taniganidan dalaga olib chiqib yer choptirib, qora terga botguncha ishlatish kerak" der edilar.
 Yoshligimda bu ishlarni qilgandan keyin, jaxl ustida "Bolalik o`tadi ketadi, yayrab, kulib, o`ynab olish kerak, keyin kech bo`ladi" deb qovoq tumshuq qilardim. O`sha vaqtda bu ishlarni qilish juda og`ir tuyulardi, do`stlarim yozgi ta`tilni turli joylarda damolib o`tqazsa, men yozda dexqonchilik qilib o`tqazar edim, bu juda ham alam qilar edi!
 "Mehnat, mehnatning tagi rohat" deb shuni aytishsa kerak, mana katta bo`ldik, xudoga shukar ozmi-ko`pmi qo`limizdan biror ish keladi. Eng asosiysi "Men buni bilmayman,qilolmayman yoki charchadim" demayman. Yoshlikda qiyin ishlarni qilib katta bo`lgandan keyin, oddiy ishlar inson uchun hech narsa bo`lmas ekan, aksincha inson og`ir ishlarni qilib rohat olar ekan, zavqlanar ekan.

Bu bolani ko`rib yaxshi ham meni yoshligimdan ish o`rgatib, ko`p ishlatishgan ekan dedim! Xudoga shukur kam bo`lmadim!

Bolani yoshligidan ko`p ishlatish, kam erkalash, yo`qchilikka oldindan tayyorlash (ayniqsa o`g`il bollarni),  kimgadir yoqar kimgadir esa yo`q! Hamma har xil... Kimga qanaqa!? Buni faqatgina ko`rgandan keyingina odam tushunar ekan, ungacha "barchasi bo`lmagan gap" deb qo`l siltab ketaverarkan!!!


 Ko`plarni ko`rdim: otasini ko`ziga tik qarab gap qaytarib, urishadi, kerak bo`lsa "to`g`ri gapiring menga" deb qo`yadi, har ikki gapini orasida "sizni gapiz noto`g`ri, meniki to`g`ri" deb turadi, otasi gapirayotganida, gapini og`zidan olib bo`lar bo`lmas gaplar bilan otasini ustidan kuladiganlarni ko`rdim.

Hayot qiziq ekan, otasiga qanday momila qilsa, o`gli ham o`ziga xuddi shunday momila qilar ekan.

 Farzandlaringizni kamroq erkalang, haddilaridan oshib ketishmasinlar, keyinchalik o`zizga jabr bo`lib qolmasin!

P.S. Hamma farzandlariga qanday tarbiya berishni o`zi biladi, men shunchaki o`zimni fikrimni aytim, xolos...

Комментариев нет:

Отправить комментарий