понедельник, 16 сентября 2013 г.

Ucellni ketmoni uchdi!!!

Kecha ЯКС savdo belgisi ostida qanday mahsulot chiqqanidan hammaning xabari bo`lsa kerak. Bunga barcha O`zbek ahli qiziqqani turgan gap , lekin bizdan ham ko`ra Ucell qiziqqani turgan gap! Nega deysizmi? Hozir bilib olasiz...
ЯКС haqidagi reklamalar bir yildan beri tarqalgan edi , lekin oxirgi 3 - 4 oydan beri turli xil mish - mishlar ham tarqalib ketdi. Kimdir uni kir yuvish kukini desa, kimdir esa sok dedi, yana kimdirlar esa Mtc o`rniga yangi telefon operatori deb gapirdi. Bu mish mishlardan eng qiziqarlis telefon operatori edi! Bu xabarni eshitgan Ucellni yuragi tushib qolgan bo`lsa ajablanmagan bo`lardim. Ager rostan ЯКС telefon operatori bo`lganda hamma Ucell sim kartalarini uloqtirgan bo`lardi - bu aniq. Shuning uchun ham Ucell hursand bo`lganidan ketmoni ham uchib ketdi. Chunki hamma Ucelldan to`ydi, shunday emasmi?
Chindan ham Ucell ishlatayotganlarga qoyil qolmasdan ilojimiz yo`q.Ucell internetigayu gap bo`lishi mumkin emas.Oxirgi 1 haftadan ber kechki 9 lardan keyin Ucell internetidan foydalanish bu fantastika bo`lib qoldi. Bunga qo`shimcha aloqa, sms xizmatlari ham yomon ishlayapti. To`g`ri Ucell faqat kechqurin emas balki kunduz kunlari ham bunaqa karomatlarini ko`rsatyapti. 
Yaqinda Ucell internet sifatini 20% ga oshirdik deb ma`lumot bergandi, lekin hecham buni ko`rmayamiz.Balkim kamaygan bo`lishi mumkin, menimcha :-)
Yaqinda  daroz.uz saytida bir maqolaga ko`zim tushidi. unda internet tezliklari berilgan edi. Undagi tezliklarni ko`rib hayrtdan yoqa ushladim, chunki unday tezliklarni hali ko`rmagan edim. 
To`g`ri Ucell avval yaxshi ishlagandir, hozir abanetlar ko`payib ketgani uchun qiyinchilik tug`dirayotgandir, lekin ularni boshqa ilojlari yo`qku sifatga e`tibor berishlari keraku, axir. Nima, bu bizni borimiz deb o`tiraverish kerakmi? 
Ucell hodimlaridan "SIFATNI YAXSHILASH UCHUN CHORA TADBIRLAR OLIB BORILYATIMI?" deb savol berib ko`ring faqat bir xil javobni olasiz "SHAHAR BO`YLAB ANTENNALAR O`RNATYAPMIZ, TEZ ORADA ULAR ISHGA TUSHADI" degan javobni olasiz! Qachongacha amalda ishlar bajariladi? Bunga hech kim javob bera olmaydi.
Mayli bir kun ularga ham insof berib qolar, amalda bejarishga ham o`tarlar. Ungacha biz faqatgina shunaqa internetga ko`nikib yashashimiz kerak, xolos!

Agar biron biz xatoliklar bo`lgan bo`lsa uzur. Bu meni birinchi maqolam!

среда, 28 августа 2013 г.

90 FOIZ QIZLAR QANDAY EKAN???

90 FOIZ QIZLAR QANDAY EKAN???

(Savolnomada javob berishga
shoshmang, avval bu yerdagi
yozuvni
oxirigacha o`qing!!!)
Odnodagi temalarni o`qir
ekanman bir
savol aylanib ham, o`rgilib ham
fikrimni egallab olaveradi. Bu –
qizlar haqida
yigitlar so`z ochganda ba`zida
uchraydigan gap, ya`ni: “90 FOIZ
QIZLAR
YOMON” yoki “KO`PCHILIK QIZLAR
YOMON” degan gapni qaytarilishi.
Goh u
gruppada, goh bunisida! Endi esa
shunday deydiganlarga
aytadigan
e`tirozlarimga
kelsak, bir boshidan izohlashga
harakat
qilaman, faqat oxirigacha o`qing,
erinmang…
1) 90 % yoki deganda nimani
tushunasiz?
Bu aniq raqam! Demak, 90% bu –
10 ta qizdan to`qqiztasi degani.
Endi siz
taniydigan 10 ta qizni tanlab
oling hayolan.
Atrofingizdagi qizlardan: qo`shni,
ishxonadagi, o`qishdagi,
qarindoshlardan.
Qarindoshlar deganim
nafsoniyatingizga
tegmasin iltimos, shunchaki 10
tadan 9 ta qiz yomon
chiqmasligini ko`rsatish
niyatim. Ho`sh, tanlab oldingizmi?
Endi
yaxshilab o`ylab ko`ring. Har
kuni
sizga
salom berib siz haqingizda
yomon
hayolga bormaydigan
hamkasbingiz, yoki
sizni ko`zingizga qarashga
uyaladigan kursdoshingiz, yoki
akajon deb sizni
ko`rsa quvonadigan jiyaningiz…
Nahotki
shu 10 ta qizdan 9 tasi yomon
tabiatli,
yomon xulqli bo`lsa? Negadir
ishonish
qiyin…
2) Ho`p mayli, siz aniq raqam
aytmadingiz 80 yoki 90 % deb,
lekin KO`PCHILIK
degan so`zni ishlatdiz. Ko`pchilik
deganda
nimani tushunasiz? Hisob-
kitobdan xabari
bor odam uchun ko`pchilik
deganda eng
kamida 50% dan ortig`ini, ko`pi
bilan esa
99 % ni tushunadi. Yana
raqamlarga kelib taqaldiku, ana
xolos! Nahotki siz tanigan
10 ta qizdan kamida 5 tasi, ko`pi
bilan esa
9 tasi yomon tutadi o`zini?
Yaxshilab
o`ylab ko`ring-a…
Yoki ko`cha-ko`yda ketyapsiz
tasavvur
qiling. Qarshingizdan chiqqan har
ikki qizdan biri sizga ko`z qisib
yoki “Yaxshi
yigit, tanishsak bo`ladimi?” deb
e`tibor
qilishsa. Yomon qizlar aynan
shunday,
hayo, iboni sal unutib qo`ygan
bo`ladiku,
to`g`rimi? Bu holat siz aytgan
raqamlarga
to`g`ri kelyapti o`ylab ko`rsangiz.
3) Agar siz bu raqamlarni
ODNOdagi
qizlarga nisbatan aytayotgan
bo`lsangiz,
yana adashasiz. Chunki Odnoga 1
million
o`zbek qizi kirsa shundan 900
mingtasi
hech qanaqasiga yomon bo`lishi
mumkin
emas. Agar shunday bo`lganda
edi ODNOda yaxshi mavzularda
suxbat
qilinadigan gruppalar sanoqli
bo`lar edi.
Habaringiz bor o`zbek gruppalari
ichida
10-20 ming a`zosi bo`lgan
gruppalar ko`p.
Ularning mavzulari oddiy:
hikoyalar,
voqealar, sherlar va boshqalar.
Siz
bilgan yomon qizlar
to`planadigan gruppalarda
esa juda kam odam yig`ilgan
razm solsa.
Va u yerdagi qizlarni no`malum
qismi
“niqobdagi qiz” ya`ni qiz
profilidan kirgan
yigitlar ekanligi sir bo`lmasa
kerak. (“Oy
Yuzidagi Dog`lar” gruppasida
savolnoma berilgan edi shu
mavzuda, topib o`qib
ko`ring).
Yuqoridagi gaplarimga jaxlingiz
chiqmasin
aziz do`stlarim. Shunchaki siz
hisobda
ancha yanglishganingiz
ko`rsatish edi
niyatim. Endi masalaning SIZ
UCHUN YOMON TARAFIGA o`tsak
ijozatingiz
bilan:
1) TUXMAT! Ha, aynan tuhmat!
Bordiyu
qizlarning 5 foizigina yomon
bo`lsa
(Allohga ayon qanchaligi) demak
siz 85 %
qizga tuxmat qilgan bo`lasiz
“90% qizlar yomon” degan
gapingiz bilan. Agar
sanoqli bo`lsa yana undan ham
ko`piga.
Tuxmatni esa siz tuxmat qilgan
odamingiz
kechirmaguncha gunohi
ketmasligi haqida
aytilgan. Aks holda Qiyomatda
javobini
berishingizga to`g`ri keladi. Endi
tassavur qiling siz aytgan foizga
teng sonli
qizlardan kechirim so`rashingizni.
Buni iloji
yo`q, to`g`rimi? Shunday ekan,
bu
katta
yuk bilan Qiyomatda qiynalib
qolmaysizmi?..
2) FOL OCHISH! Xabaringiz bor
folbinlar Alloh biladigan
narsalarni bilaman deb
da`vo qiladi. Siz ularga o`xshab
qolmayapsizmi?..
3) OSHIRIB GAPIRISH, ya`ni
YOLG`ON!
Yolg`onni qanday katta gunohligi
haqida
ko`plab Hadis va Oyatlar
o`qigandirsiz yoki
eshitgandirsiz…
Shu yerda to`xtaqolaylik. Sizga
shunday
katta gunoh yuki kerakmi?
O`zingizga
savol berib ko`ring keyingi safar
90 FOIZ
yoki KO`PCHILIK deb gapirishdan
oldin.
Unutmang odamning hayoti
davomida qiladigan gunohlarini
katta qismi til bilan
amalgam oshirilar ekan. Ya`nikim
bu kabi
aytgan gaplarimiz (tuhmat,
bo`xton,
g`iybat, chaqimchilik, fitnalar)
o`zimizga
qimmatga tushishi mumkin.
Agar juda ham sabringiz yetmasa
gapni ichingizda ushlab turishga
– o`zbek tilida
o`lcham tushunchasini
ifodalovchi boshqa
so`zlar ham bor: AYRIM va BA`ZI
kabi.
Bularning son miqdori juda kam
90 % yoki
KO`PCHILIK so`zlari oldida. Eng
yaxshisi
qo`lingizda aniq dalil yo`qmi
(borligiga shubxam bor) sukut
saqlang. Eng
yaxshisi – shudir!
Ko`p gapirib toliqtirgan bo`lsam
uzr,
muammoni muhim hisoblaganim
uchun
batafsil yozishga majbur bo`ldim.
Aytgancha, yuqoridagi gaplar
ba`zi qizlarga ham tegishli.
Yigitlar haqida
gapirganda ehtiyot bo`ling, yana
katta
sonni aytib yuborib tuhmat qilib
qo`ymang…