воскресенье, 18 мая 2014 г.

Soxtalik kimga kerak?


 Hammaga ma`lumki hozir biror joyga o`qishga, ishga kirish uchun tanish bo`lmasa juda qiyin bo`lib qolgan. Tanishingiz ham biror tanishini ishga solib, yoki mansabi kattaroq bo`lsa o`zi bur amallab sizni ishga joylaydi yo o`qishga. Qachonki shunday vaziyat tug`ilsagina bunday tanishlarni eslab qolamiz, yo`qlaymiz, hurmat0izzatini joyiga qo`yamiz, umrimizda yo`qlamagan odamimizni uyda ba`zim uyushtirib uni mehmondorchilikka chaqiramiz. Hullas ishimiz bitgunuga qadar uni boshimizda ko`tarib yuramiz, keyin esa ya`ni ishimiz bitgandan keyin “SEN KIMSAN?” deyishdan ham toymaymiz,va keyin  yana esga hammom, eski tos deb yuraveramiz.
 “Nega shunday ekana?”, ” Nima tanishlarni boshqa paytda o`zimiz shunchaki eslamasak bo`lmaydimi?”, “Yoki aynan boshimizga o`gir kun kelib, qiynalganimizda eslashimiz kerakmi?”, bunday savollarni oxiri yo`q! Va bu savollarga javob hammada bir hil: “ISHIM JUDA KO`P, VAQTIM YO`Q”! Menimcha bu javob bo`la olmaydi!

 Ko`pincha hayotda bir narsaga guvoh bo`lamiz, ya`ni, agar bir necha dugona, do`st yeg`ilib qolsa har dom birinchi navbatda salom – alik, hol – ahvol so`raladi va keyin esa biror kimni g`iybati boshlanadi, ortidan uning shaniga yomon gap – so`zlar aytiladi. Lekin o`sha paytda gi`ybat qilinayaotgan odam kelib qolsa yoki o`zi bilan uchrashib qolsak uni hech qachon o`zi haqidagi yomon gaplarni aytmaymiz, faqatgina yaxshi gaplar bilan ko`klarga ko`taramiz.
 NEGA AHIR??? Ortidan ko`targandan ko`ra, o`zini yuziga aytgan yaxshi emasmi?, G`iybat qilish yoki ortidan gapirish gunoh shekili, agar adashmayotgan bo`lsam!
 Yana bir muommo! Agar kimdir biror kimga yomonlik qilsa, shu yomonlikni boshqalarga aytib, boshqalarni ham unga qayrash yo`q emas hozir!
  Shu vaqtda bir narsa esimizdan chiqib qoladida:, “U ham bir banda, u ham xato qilishi mumkin, nafaqat u balki o`zimiz ham adashim xato qilishimiz” haqida biroz o`ylasak balkim yaxshi bo`lardi.
  O`sha yomonlikni yoki xato o`zingiz biling, qolganlar bilganidan nima foyda?
  Nima bu bilan sizni obro` - e`tiboringiz oshib qoladimi?
 Balkim bu xato boshqa qaytarmas, qachonki o`sha xatosini faqatgina o`ziga aytsangiz.  Yoki o`sha xato – kamchiliklarini o`zingiz berkiting, biror joyingiz kamayib qolmas!

    Bularni yozishdan biror naf bormi, yo`qmi, o`zim ham bilmayman. Agar bittagina odamga nafi tegsa ham juda xursand bo`lardim. Men aytadiganimni aytdim, endi bularni o`ib mulohaza qilish o`zingizdan. Balkim bu postim kimgadir yoqar, kimgadir esa yoqmas lekin bular meni shaxsiy fikrlarim!

   P.S. “HECH KIMGA BIRDEK YOQIB BO`LMAYDI”


Комментариев нет:

Отправить комментарий