пятница, 12 сентября 2014 г.

Erkak va ayol haqida hayol!!!

Köpdir ayollik sha'niga befarq boqqan ayollar. 
Oqibatda köz yoshlari soydek oqqan ayollar. 
Guldek ayollaring kirib gözallik degan uyga. 
Gözal böldim!,deb chiqsalar,tushib kulgili kuyga. 
Uzun sochlar kalta bölib,aylanar sap-sariqqa. 
Yarim ochiq kökragida közing tushar ariqqa. 
Qalin-qaro qoshlar göyo igna misol terilgan. 
Qoshlar terib tashlashgamas husn uchun berilgan. 
Köz-qovoqlar köm-kök xuddi eri 3 kun urganday. 
Labga turli böyoq bergan,"haligini" surganday. 
Guldek yuzga 3-4qavat sun'iy suvoq suvalgan. 
Böynidachi shoda simlar chuvalchangdek chuvalgan. 
Bul yasama qögirchoqqa qalbing qanday ochasan? 
Tirnoqlarin körgandayoq jonin saqlab qochasan. 
Yeng-yoqasiz kalta köylak huddi tars yorilgudek. 
Shumi chiroy bölsa,kim ul tuproqqa qorilgudek. 
Ziyon-zahmat tegmasin ayt! ALLOH bergan chiroyga. 
Axir pardoz bermaslarku,dogli sanalgan oyga! 
Bunday özdan kechishlar,böldi özidan ketsin. 
Bosib-bilib bergan borki,chiroyga nima yetsin?!
Ba'zi xotin xonadonda erga tashlanar tikka. 
Xonadonda xöjayindek da'vo qilar erlikka. 
Er dodini berib bu "er" ishi kamday tagin. 
Köcha-kuyda ham zör erur jilovlamasdir jagin. 
Er örnida körmay erni,bigizday barmog sancha. 
Erni haydab boshi ochiq yurganlar soni qancha?!? 
Qilar ishi sharobxörlik,tortib turli tamaki. 
Tunlardachi turli mehmon,turli-tuman amaki. 
Chala yarim pardoz qilib,qölga qöyib xinolar. 
Qilar ochiq-oydin gunoh,ochiq-oydin zinolar. 
Buni göyo gözal hayot bilib kayfin surishar. 
Yo alhazar! Bu ne bilsang basharalar burishar. 
Degin kelar ayol bölib burching bilganing qani? 
Erga ayol itoati bu Xaqqa bosh eggani. 
Unutmagin ayolliging har kech,har tong,ertalab. 
Xaq asrasin bölishingdan har hil,har kun,ertalab. 
Har ayolda iffat-iymon bölmasin hech mosuvo. 
Har ayolga insof istab qöl ochib qilgum duo!
Nima böldi köp erlarga? balki jinlar chalishgan?! 
Nazarimda kiyimlari xotin b.n alishgan. 
Bozor köcha aylanarlar,kiyib ic kiyimini. 
Chunki xotin tortib olgan ustki kiyar shimini. 
Sim deb kiygan kalta shimi,arang yopar sonini. 
Balki köz-köz qilmoq bölar erkaklik nishonini. 
Axir tög`ri kiymaysanmi ota-bobong ne kiygan? 
Alar kofircha kiyimdan har dam özlarin tiygan. 
Soclar sal kam belda tayyor,pilik solib örgudek. 
Chin insonning bu holatni közi yöqdur körgudey. 
Hujjatida erkak bo`lib quloqqa taqsa baldoq. 
Öz erkaklik vazifasin bajararkan ul qandoq??? 
Yana qiziq qöl,böyinga turli taqin taqishlar. 
Tutib turli tamaki,chapillatar saqichlar.
Otilgaydir og`izlardan har turli shaloq sözlar. 
Bir ma'no yöq jalanglagan közlar foydani közlar. 
Bunday hol bor barca yurtda,har bir qishloq,ovulda. 
Chunki hayol Xaqda emas,hayollar bari pulda. 
Hayollarda har behayo,xarom ishlar öylashlar. 
Öylamasdir oilasin,hayolida öynashlar. 
Yana ne deb ta'rif qilay zotingning bunday kasin. 
Ta'rif tamom tez ayt unga,tezroq qilsin tavbasin. 
Gözal bölsin har holating,sözlaring bölsin bolday. 
Erkak erkak bölib qolsin,ayol qolsin ayolday. 
Sözlarim bölsa noörin,mendan qilmagil araz. 
Istarimki,sendan ketsin har turli illat,maraz. 
Shirin bölsin sözing bölsin,qalb gözal,iymon gözal. 
Bölsin barcha dil bir gözal bölsa,bölgaydir har yon gözal. 
Gözal sözi nedir özi? Avval Xaqqa yoqishdir. 
Barcha birday ul narsaga havas bilan boqishdir!!!


P.S. Manba Muloqot.uz

среда, 10 сентября 2014 г.

Aqlni beaqldan o`rgan...

Yozgi  ta`tilda bir muncha vaqt ishim yuzasidan musofirlikda bo`ldim. Bu vaqtda ish o`rganishdan ham ko`ra ko`proq, hayot saboqlarini chuqurroq o`rgandim.
 Oldingilar to`g`ri aytishgan ekan, "Aqlni beaqldan o`rgan"!

Bir uyda hasharda bo`ldim, ancha vaqt u yerda ishladim, uy egasini farzandi bittagina o`g`il ekan. O`g`il yoshligidan juda ham erka o`sgan, umuman ish qilgisi kelmaydi, qo`yib bersa kun bo`yi faqat uxlasa, yeb ishsa yoki do`stlari bilan birga bo`lsa.
 Hasharga borganlar ertalab tong sahardan ishlaydi, uyoq kishi esa ishni 10 yoki 11 da boshlaydilar!!! va yana har gapida "2ta mardikor olib kelaylik, birpasda bitirib tashlaydi"mush!!!
 Sendaka Toshkentlikdan o`rgildim. Oldin o`zing ishlashni o`rgan, pul topishni o`rgan keyin kimni olib kelging kelsa olib kelaverasan.
 Otasidan har kuni so`kish eshitgani eshitgan. Q`olidan biror ish kelmaydiku, lekin birovni xato - kamchiligini topishga, birovni ustidan kulishga kelsak birinchi raqamli.

 Buvim aytar edilar "Bolani hech qachon o`zini oldida maqtash kerak emas, va iloji boricha kamroq erkalash kerak. Esini taniganidan dalaga olib chiqib yer choptirib, qora terga botguncha ishlatish kerak" der edilar.
 Yoshligimda bu ishlarni qilgandan keyin, jaxl ustida "Bolalik o`tadi ketadi, yayrab, kulib, o`ynab olish kerak, keyin kech bo`ladi" deb qovoq tumshuq qilardim. O`sha vaqtda bu ishlarni qilish juda og`ir tuyulardi, do`stlarim yozgi ta`tilni turli joylarda damolib o`tqazsa, men yozda dexqonchilik qilib o`tqazar edim, bu juda ham alam qilar edi!
 "Mehnat, mehnatning tagi rohat" deb shuni aytishsa kerak, mana katta bo`ldik, xudoga shukar ozmi-ko`pmi qo`limizdan biror ish keladi. Eng asosiysi "Men buni bilmayman,qilolmayman yoki charchadim" demayman. Yoshlikda qiyin ishlarni qilib katta bo`lgandan keyin, oddiy ishlar inson uchun hech narsa bo`lmas ekan, aksincha inson og`ir ishlarni qilib rohat olar ekan, zavqlanar ekan.

Bu bolani ko`rib yaxshi ham meni yoshligimdan ish o`rgatib, ko`p ishlatishgan ekan dedim! Xudoga shukur kam bo`lmadim!

Bolani yoshligidan ko`p ishlatish, kam erkalash, yo`qchilikka oldindan tayyorlash (ayniqsa o`g`il bollarni),  kimgadir yoqar kimgadir esa yo`q! Hamma har xil... Kimga qanaqa!? Buni faqatgina ko`rgandan keyingina odam tushunar ekan, ungacha "barchasi bo`lmagan gap" deb qo`l siltab ketaverarkan!!!


 Ko`plarni ko`rdim: otasini ko`ziga tik qarab gap qaytarib, urishadi, kerak bo`lsa "to`g`ri gapiring menga" deb qo`yadi, har ikki gapini orasida "sizni gapiz noto`g`ri, meniki to`g`ri" deb turadi, otasi gapirayotganida, gapini og`zidan olib bo`lar bo`lmas gaplar bilan otasini ustidan kuladiganlarni ko`rdim.

Hayot qiziq ekan, otasiga qanday momila qilsa, o`gli ham o`ziga xuddi shunday momila qilar ekan.

 Farzandlaringizni kamroq erkalang, haddilaridan oshib ketishmasinlar, keyinchalik o`zizga jabr bo`lib qolmasin!

P.S. Hamma farzandlariga qanday tarbiya berishni o`zi biladi, men shunchaki o`zimni fikrimni aytim, xolos...