Hammaga ma`lumki hozir biror joyga o`qishga,
ishga kirish uchun tanish bo`lmasa juda qiyin bo`lib qolgan. Tanishingiz ham
biror tanishini ishga solib, yoki mansabi kattaroq bo`lsa o`zi bur amallab
sizni ishga joylaydi yo o`qishga. Qachonki shunday vaziyat tug`ilsagina bunday
tanishlarni eslab qolamiz, yo`qlaymiz, hurmat0izzatini joyiga qo`yamiz,
umrimizda yo`qlamagan odamimizni uyda ba`zim uyushtirib uni mehmondorchilikka
chaqiramiz. Hullas ishimiz bitgunuga qadar uni boshimizda ko`tarib yuramiz,
keyin esa ya`ni ishimiz bitgandan keyin “SEN KIMSAN?” deyishdan ham
toymaymiz,va keyin yana esga hammom,
eski tos deb yuraveramiz.
“Nega shunday ekana?”, ” Nima tanishlarni
boshqa paytda o`zimiz shunchaki eslamasak bo`lmaydimi?”, “Yoki aynan boshimizga
o`gir kun kelib, qiynalganimizda eslashimiz kerakmi?”, bunday savollarni oxiri
yo`q! Va bu savollarga javob hammada bir hil: “ISHIM JUDA KO`P, VAQTIM YO`Q”!
Menimcha bu javob bo`la olmaydi!
Ko`pincha hayotda bir narsaga guvoh bo`lamiz,
ya`ni, agar bir necha dugona, do`st yeg`ilib qolsa har dom birinchi navbatda
salom – alik, hol – ahvol so`raladi va keyin esa biror kimni g`iybati
boshlanadi, ortidan uning shaniga yomon gap – so`zlar aytiladi. Lekin o`sha
paytda gi`ybat qilinayaotgan odam kelib qolsa yoki o`zi bilan uchrashib qolsak
uni hech qachon o`zi haqidagi yomon gaplarni aytmaymiz, faqatgina yaxshi gaplar
bilan ko`klarga ko`taramiz.
NEGA AHIR??? Ortidan ko`targandan ko`ra,
o`zini yuziga aytgan yaxshi emasmi?, G`iybat qilish yoki ortidan gapirish gunoh
shekili, agar adashmayotgan bo`lsam!
Yana bir muommo! Agar kimdir biror kimga
yomonlik qilsa, shu yomonlikni boshqalarga aytib, boshqalarni ham unga qayrash
yo`q emas hozir!
Shu vaqtda bir narsa esimizdan chiqib
qoladida:, “U ham bir banda, u ham xato qilishi mumkin, nafaqat u balki o`zimiz
ham adashim xato qilishimiz” haqida biroz o`ylasak balkim yaxshi bo`lardi.
O`sha yomonlikni yoki xato o`zingiz biling,
qolganlar bilganidan nima foyda?
Nima bu bilan sizni obro` - e`tiboringiz
oshib qoladimi?
Balkim bu xato boshqa qaytarmas, qachonki
o`sha xatosini faqatgina o`ziga aytsangiz.
Yoki o`sha xato – kamchiliklarini o`zingiz berkiting, biror joyingiz
kamayib qolmas!
Bularni yozishdan biror naf bormi, yo`qmi,
o`zim ham bilmayman. Agar bittagina odamga nafi tegsa ham juda xursand
bo`lardim. Men aytadiganimni aytdim, endi bularni o`ib mulohaza qilish
o`zingizdan. Balkim bu postim kimgadir yoqar, kimgadir esa yoqmas lekin bular
meni shaxsiy fikrlarim!
P.S. “HECH KIMGA BIRDEK YOQIB BO`LMAYDI”