понедельник, 16 сентября 2013 г.

Ucellni ketmoni uchdi!!!

Kecha ЯКС savdo belgisi ostida qanday mahsulot chiqqanidan hammaning xabari bo`lsa kerak. Bunga barcha O`zbek ahli qiziqqani turgan gap , lekin bizdan ham ko`ra Ucell qiziqqani turgan gap! Nega deysizmi? Hozir bilib olasiz...
ЯКС haqidagi reklamalar bir yildan beri tarqalgan edi , lekin oxirgi 3 - 4 oydan beri turli xil mish - mishlar ham tarqalib ketdi. Kimdir uni kir yuvish kukini desa, kimdir esa sok dedi, yana kimdirlar esa Mtc o`rniga yangi telefon operatori deb gapirdi. Bu mish mishlardan eng qiziqarlis telefon operatori edi! Bu xabarni eshitgan Ucellni yuragi tushib qolgan bo`lsa ajablanmagan bo`lardim. Ager rostan ЯКС telefon operatori bo`lganda hamma Ucell sim kartalarini uloqtirgan bo`lardi - bu aniq. Shuning uchun ham Ucell hursand bo`lganidan ketmoni ham uchib ketdi. Chunki hamma Ucelldan to`ydi, shunday emasmi?
Chindan ham Ucell ishlatayotganlarga qoyil qolmasdan ilojimiz yo`q.Ucell internetigayu gap bo`lishi mumkin emas.Oxirgi 1 haftadan ber kechki 9 lardan keyin Ucell internetidan foydalanish bu fantastika bo`lib qoldi. Bunga qo`shimcha aloqa, sms xizmatlari ham yomon ishlayapti. To`g`ri Ucell faqat kechqurin emas balki kunduz kunlari ham bunaqa karomatlarini ko`rsatyapti. 
Yaqinda Ucell internet sifatini 20% ga oshirdik deb ma`lumot bergandi, lekin hecham buni ko`rmayamiz.Balkim kamaygan bo`lishi mumkin, menimcha :-)
Yaqinda  daroz.uz saytida bir maqolaga ko`zim tushidi. unda internet tezliklari berilgan edi. Undagi tezliklarni ko`rib hayrtdan yoqa ushladim, chunki unday tezliklarni hali ko`rmagan edim. 
To`g`ri Ucell avval yaxshi ishlagandir, hozir abanetlar ko`payib ketgani uchun qiyinchilik tug`dirayotgandir, lekin ularni boshqa ilojlari yo`qku sifatga e`tibor berishlari keraku, axir. Nima, bu bizni borimiz deb o`tiraverish kerakmi? 
Ucell hodimlaridan "SIFATNI YAXSHILASH UCHUN CHORA TADBIRLAR OLIB BORILYATIMI?" deb savol berib ko`ring faqat bir xil javobni olasiz "SHAHAR BO`YLAB ANTENNALAR O`RNATYAPMIZ, TEZ ORADA ULAR ISHGA TUSHADI" degan javobni olasiz! Qachongacha amalda ishlar bajariladi? Bunga hech kim javob bera olmaydi.
Mayli bir kun ularga ham insof berib qolar, amalda bejarishga ham o`tarlar. Ungacha biz faqatgina shunaqa internetga ko`nikib yashashimiz kerak, xolos!

Agar biron biz xatoliklar bo`lgan bo`lsa uzur. Bu meni birinchi maqolam!

Комментариев нет:

Отправить комментарий