четверг, 13 ноября 2014 г.

G`urur nime edi u? (Uchinchi qism)

 Hammaga ma`lumki qarsak doim ikki qo`ldan chiqadi. Agar qizlarni o`sah ishlarga yigitlar chorlamasa ular o`zlaricha "Shu ishni qilaylik" demaydilar. 
 
Yigitlar aytishadi "Agar meni sevsang men bilan birga bo`lasan, agar rozi bo`lmasang, ana katta ko`cha", "Ishon men seni o`zim olaman, qo`rqma" kabi turli aldov galar aytishadi yoki biroz qo`rqitishadi. Bu aldov va`dalarga chuv tushgan qizlar o`sha ishni qilishadi. 

Aslidachi?  Bir o`ylab ko`ringlarchi,qizlar!
 Bokira bo`lmagan qiz kimga kerak? Nima kuyov do`stlariga chiqib "Kelin qiz chiqmadi" deb maqtanadi deb o`ylaysizlarmi? Yo`q hech qachon!
 Yigitlar doim chimildiqdan gerdayib chiqib "Kelin qiz ekan" deb maqtanishni xohlaydilar. Chunki ularda G`URUR degan tushuncha birozgina kuchliroq.

 Qilar ishni qilib qo`yib, uylanishga kelganda "Menga qiz kerak, men hech qachon bokira bo`lmagan qizga uylanmayman" deb turib oladilar. O`sha ishni qilayotganda G`urur qayerda edi? Endi esga tushdimi G`urur?

 Erkakmisan? Ol endi u qizni. Ha olomaysanda, chunki qo`rqasan. Ota-Onang, do`stlaring, qarindosh urug` oldida bosh egishdan qo`rqasan. Gap bo`lishdan, izza bo`lib, hamma seni qo`lini bigiz qilib ko`rsatishdan qo`rqasan.


 Shu ishlarni bilar ekansan, nega o`sha vaqtda shu narsalar hayolga kelmaydi? Nima nafsga qul bo`lib qolyapmizmi? Oxiratni unutyapmizmi? Bu ishlarni javobinichi?

 Qizlar biroz e`tiborliroq bo`ling, Yigitlarni har gapiga ishonib ketmang. O`tkinchi narsalarga ruju qo`yib, o`zingizga jabr qilmang. 

 Hammaga insofni Ollohni o`zi bersin!